Kecha, 2020-yil 26-fevral kuni Koreyaning KOICA tashkiloti vakillari IT-Parkga tashrif buyurishdi.
Koreyaning KOICA tashkiloti nomining yoyilmasi oʻzbek tilida koreya xalqaro hamkorlik agentligi boʻlib, u Koreya Respublikasining davlat tashkilotidir va u hukumatning yordam grantlari dasturlari va texnik hamkorlik dasturlarini amalga oshirish yoʻli bilan rivojlanayotgan davlatlarning rivojlanishiga koʻmaklashish uchun tashkil etilgan.
Uchrashuv davomida IT-Park xodimlari umumiy taqdimot oʻtkazishdi va mehmonlarga IT-Park va umuman tashkilot nimalarni amalga oshirayotgani haqida gapirib berishdi.
Keyinchalik, startaplar, IT-markazlar, kibersport kabi ustuvor yoʻnalishlar muhokama qilindi, shuningdek, ikkala tomonning ham eʼtibori 2021-yildan 2024-yilgacha IT-Parkni rivojlantirish uchun grant ajratish masalasiga qaratildi.
2020-03-02