Aholini ijtimoiy himoyasini kuchaytirish va iqtisodiyotning barqarorligini taʼminlash, shuningdek koronirus infeksiyasining tarqalishiga qarshi kurashish davrida ayrim xoʻjalik yurituvchi subyektlarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida “Koronavirus pandemiyasi davrida aholini, iqtisodiyot tarmoqlarini va tadbirkorlik subyektlarini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi farmon imzolandi.
Farmonga koʻra, tovarlarning belgilangan roʻyxatiga muvofiq bojxona toʻlovlari va aksiz soligʻi boʻyicha nol foizli stavkalar belgilandi.
Bundan tashqari, yordamga muhtoj aholiga nafaqalar toʻlash, moddiy yordam berish va bepul oziq-ovqat bilan taʼminlash bilan yordam koʻrsatish muddatini uzaytirish va qoʻshimchalar kiritish choralari qabul qilindi.
Koronovirus pandemiyasi davrida zarar koʻrgan bizneslar uchun soliq toʻlovlarining muddatini uzaytirish boʻyicha soliq imtiyozlari taqdim etildi.
Shuningdek, Farmonga muvofiq, majburiy auditorlik tekshiruvidan oʻtadigan xoʻjalik yurituvchi subyektlar uchun 2019-yil yakuni boʻyicha auditorlik tekshiruvini oʻtkazish muddati 2020-yil 1-oktyabrgacha uzaytirildi. Shu munosabat bilan, bizning rezidentlarimizning auditorlik xulosalarini taqdim etish muddatlari ham uzaytiriladi.
Qabul qilingan barcha choralar barchamizga qiyin davrni kamroq yoʻqotishlar bilan yengib oʻtishga yordam beradi.
2020-04-08