Korxonaning nomi: “Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki direksiyasi” MCHJ
Joylashgan joyi: Toshkent shahar, Mirzo Ulug‘bek tumani, Tepamasjid ko‘chasi, 4-uy
Qabul qilish muddati: 17.02.2025-27.02.2025-yilgacha
Faoliyatining asosiy yo‘nalishlari:
- Axborot texnologiyalari sohasida raqobatbardoshli mahsulotlar va xizmatlar ishlab chiqilishini rivojlantirish va ishlab chiqarish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, ularning ichki va tashqi bozorlarga kirib borishi, innovatsion ishlanmalarni rag‘batlantirish;
- IT Park rezidentlariga faoliyatni amalga oshirish uchun zarur infratuzilma, shu jumladan, zamonaviy laboratoriyalarni berish, ularga moliyaviy, marketing, yuridik va boshqa konsalting xizmatlari, shuningdek, akseleratsiya dasturlari bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish;
- startap-loyihalarni amalga oshirishda, shu jumladan, venchur moliyalashtirish asosida qo‘llab-quvvatlash, axborot texnologiyalari sohasida boshlovchi va kichik korxonalarga innovatsion faoliyat natijalarida ko‘maklashish;
- shu jumladan, zamonaviy texnologiyalar va dasturiy mahsulotlar transferi hisobiga loyihalarni birgalikda amalga oshirish uchun mahalliy va xorijiy investorlarni jalb etishda rezidentlarga ko‘maklashish;
- yuqori texnologik mahsulotlar va xizmatlarni ishlab chiqarish zanjirining uzluksizligini ta’minlash uchun ilmiy, ilmiy-tadqiqot, o‘quv va ishlab chiqarish tashkilotlari faoliyati o‘zaro integratsiyasiga ko‘maklashish;
- axborot texnologiyalari sohasida yuqori malakali mutaxassislarning zamonaviy sinfini shakllantirish maqsadida aholi va yoshlar o‘qitilishini tashkil etish;
- axborot texnologiyalari sohasida yetakchi kompaniyalar va mutaxassislarni jalb etgan holda mahorat darslari, treninglar va malaka oshirish kurslari, shuningdek, ilmiy-amaliy konferensiyalar o‘tkazish.
Nomzodlar quyidagi talablarga mos bo‘lishi lozim:
1. Mustaqil a’zo korxonaning rivojiga keng miqyosda hissa qo‘shish uchun tajriba, malaka va kasbiy ko‘nikmalarga ega bo‘lishi kerak.
2. Quyidagi sohalardan biri bo‘yicha oliy ta’lim muassasalarining bakalavr yoki magistrlik darajasiga egaligi: Axborot texnologiyalari, moliya, iqtisodiyot va huquq yoki boshqa sohalar.
3. Korporativ boshqaruv, strategik rejalashtirish, xodimlarni boshqarish sohalari bilan bog‘liq ma’muriy va boshqaruv kadrlari lavozimlarida kamida 5 (besh) yildan ortiq stajga ega.
4. Xorijiy davlatlarda rahbarlik lavozimlarida hamda O‘zbekiston Respublikasida tashkilotlar va korxonalarning rahbarlik lavozimlarida ish tajribasi mavjud.
Bog‘lanish uchun:
Telefon raqam: + 998 71 209 11 99
Elektron pochta manzili: www@it-park.uz, info@it-park.uz
2025-02-17