• 2025-yil 27-sentyabr kuni Toshkentda O‘zbekistondagi birinchi “Web Summit Spotlight” bo‘lib o‘tadi;
• Bu tadbir mintaqa uchun debyut bo‘lib, dunyodagi eng nufuzli texnologiya forumi — Lissabondagi yillik asosiy tadbirida 70 000 dan ortiq ishtirokchini jalb qiladigan “Web Summit” bilan hamkorlikda o‘tkaziladi;
• “Web Summit Spotlight: Uzbekistan” mamlakatning yangi global innovatsiyalar markazi sifatidagi o‘sib borayotgan rolini ta’kidlaydi.
O‘zbekiston 27-sentyabr kuni Toshkentda birinchi “Web Summit Spotlight” tadbiriga mezbonlik qilish orqali rivojlanayotgan global innovatsiyalar markazi sifatidagi o‘sishini namoyish etadi. Tadbir yetakchi xalqaro mutaxassislar, venchur sarmoyadorlar, startap asoschilari va IT-sanoat rahbarlarini bir joyga jamlaydi.
“Web Summit” kelajakni o‘zgartirishga qodir insonlar va g‘oyalarni birlashtiruvchi dunyodagi eng yirik texnologiya tadbirlarining tashkilotchisidir. 2009-yilda Dublinda atigi 150 kishi ishtirok etgan kichik anjuman sifatida boshlangan “Web Summit” bugun Lissabondagi har yilgi sammit, shuningdek, “Web Summit Rio”, “Web Summit Qatar” va “Web Summit Vancouver” kabi global forumlar seriyasiga aylandi. Bu startaplar yaratiladigam, million dollarlik bitimlar tuziladigan va jahon texnologiya kun tartibi shakllanadigan maydondir.
O‘zbekistonda “Web Summit Spotlight” tadbirining o‘tkazilishi mamlakatning global texnologiyalar va innovatsiyalar markaziga aylanish yo‘lidagi izchil sa’y-harakatini aks ettiradi. Tadbir dasturi O‘zbekistonning innovatsion markaz sifatidagi salohiyati, rivojlanayotgan bozorlarda xalqaro korporatsiyalar uchun imkoniyatlar, venchur investitsiyalari istiqbollariga va IT sohasidagi asosiy global tendensiyalarga e’tibor qaratadi.
Forum dasturi
Sana: 2025-yil 27-sentyabr
Joy: Raqamli texnologiyalar vazirligi
09:00 - 09:30: Ro‘yxatdan o‘tish va kutib olish
09:30 - 09:40: Madaniy dastur
09:40 - 09:50: Raqamli texnologiyalar vaziri Sh. Shermatovning qutlov so‘zi
Unlocking the Innovation Frontier
09:50 - 10:00: Asosiy ma’ruza
“Uzbekistan: Unlocking its Potential as an Innovation Hub”
10:00 - 10:15: Asosiy ma’ruza — International Report
“Global Venture Investment Trends and Their Impact on Emerging Markets”
10:40 - 10:50: Asosiy ma’ruza — “What’s Next for the Creator Economy”
10:50 - 11:30: Panel muhokamasi — “Why Invest in Central Asian Startups?”
11:30 - 11:40: Asosiy ma’ruza — “Breaking Borders, Building Futures: The Uzbek Founder’s Playbook”
11:40 - 11:50: Asosiy ma’ruza — “All in on AI”
11:50 - 12:00: Yakuniy so‘z
12:00 - 13:00: Netvorking tushlik
13:00 - 15:00: Investor’s Room
Startaplar va venchur sarmoyadorlar o‘rtasidagi qisqa netvorking sessiyalari (har bir uchrashuv 7-10 daqiqa davom etadi) investorlar va startaplar o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni maksimal darajada oshirishga qaratiladi.
Ushbu tadbir milliy texnologik ekotizimni yanada rivojlantirish uchun turtki bo‘lishi kutilmoqda. U strategik hamkorlik va investitsiyalarni jalb qilish uchun yangi imkoniyatlar ochadi, O‘zbekistonning intilishlari va salohiyatini dunyoga namoyish etadi hamda tadbirkorlarning yangi avlodini jahon miqyosidagi loyihalarni yaratishga ilhomlantiradi.
Web Summit haqida
“Web Summit” insonlar va kelajakni o‘zgartiradigan g‘oyalarni birlashtiruvchi dunyodagi eng yirik texnologiya tadbirlarini o‘tkazadi. “Web Summit” tadbirlari — Lissabondagi “Web Summit”, Janubiy Amerikadagi “Web Summit Rio”, Shimoliy Amerikadagi “Web Summit Vancouver”, Osiyodagi “RISE” va Yaqin Sharqdagi “Web Summit Qatar” — 2009-yilda Dublinda 150 kishilik kamtarona anjuman sifatida tashkil etilganidan buyon yarim million kishini bir joyga to‘pladi.
Ishtirok etish uchun: https://sites.google.com/websummit.com/spotlight-uzbekistan-hub/home?authuser=0
2025-08-20