2021-yil 20-noyabr kuni Chirchiq shahridagi 14-sonli Mehribonlik uyida IT Park boshchiligida «Meros» xayriya jamg‘armasi bilan hamkorlikda mamlakat aholisining barcha qatlamlarini yuqori sifatli IT ta’lim bilan ta’minlash maqsadida tashkil etilgan IT dasturlash kurslari bitiruvchilarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Taqdirlash marosimi xorida Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari uchun IT Park, IT Markazlar faoliyati, shuningdek, tashkilot tomonidan amalga oshirilayotgan ta’lim loyihalari haqida taqdimot o‘tkazildi. Xususan, bolalar tadbir ma’ruzachilariga yangi loyihalar bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarni bera oldilar.
Kurslar davomida talabalarga IT mutaxassislari tomonidan taqdim etilgan murabbiylar hamrohlik qilishdi, ular bolalarga topshiriqlarni bajarishda yordam berishdi, shuningdek, olingan ma’lumotlarni yanada samarali o’zlashtirishga hissa qo‘shishdi.
Eslatib oʻtamiz, Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari uchun yashash joyidan qatʼi nazar, respublikaning barcha IT markazlarida oʻqish mutlaqo bepul. IT kurslariga bepul kirish uchun mehribonlik uyidan sertifikat olish va uni eng yaqin IT markazga topshirish zarur.
Xayriya dasturi doirasida bepul IT kurslaridan foydalanish imkoniyatini taqdim etish bolalarning axborot texnologiyalari sohasida o‘z ko‘nikma va salohiyatini rivojlantirish, zamonaviy tendensiyalardan xabardorligini oshirish imkonini beradi, shuningdek, yoshlarga kelajakda IT sohasida talab yuqori bo‘lgan mutaxassislar bo‘lib yetishishlariga yordam beradi.
2021-11-22