9, 10 va 11-oktabr kunlari IT-Park jamoasi poytaxtimizdagi uchta universitetga tashrif buyurishdi.
9-oktabr kuni Toshkent Axborot Texnologiyalari Universitetida seminar boʻlib oʻtdi va unda 250 nafarga yaqin talaba ishtirok etdi.
Seminar davomida talabalarga mGovAward mobil ilovalarini ishlab chiqish boʻyicha Respublika tanlovi toʻgʻrisida maʼlumot berildi.
10-oktabr kuni “Inha University in Tashkent” va “Amity University in Tashkent” universitetlariga tashrif uyushtirildi. Ushbu seminarlarda jami 350 nafarga yaqin talaba ishtirok etdi.
11-oktyabr kuni mGovAward seminari Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish institutida boʻlib oʻtdi va unda 150 nafar talaba ishtirok etdi.
Umuman, shu 3 kun ichida biz 650 nafardan ortiq talabalar bilan uchrashdik. Ular bilan, biz mGovAward tanlovidan tashqari, startaplar ekotizimining rivojlanishi, IT yoʻnalishlari va IT sohasida oʻz biznesimizni yaratish imkoniyatlari haqida suhbatlashdik.
2019-10-18