Mirzaobod tumanidagi IT Park filialida kibersport bo‘yicha turnir bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 21-may kuni Mirzaobod tumanida joylashgan IT Park filialida yoshlar uchun FIFA20 yo‘nalishi bo‘yicha kibersport turniri o‘tkazildi.

Turnir Mirzaobod tumanidagi IT Park filiali, tuman hokimligi hamda yoshlar ishlari agentligi sport bo‘limi tomonidan tashkil etildi.

Turnirda jami 20 nafar o‘yinchi ishtirok etdi.

O‘tkazilgan o‘yin natijalariga ko‘ra, sovrinli o‘rinlarni quyidagi ishtirokchilar qo‘lga kiritdi:

1-o‘rin – G‘aniev Shoxrux ( 13-sonli o‘rta maktab o‘quvchisi);

2-o‘rin – Umarkulov Shohjaxon (13-sonli o‘rta maktab o‘quvchisi);

3-o‘rin – Mirzabekov Shoxrux (5-sonli o‘rta maktab o‘quvchisi).

G‘oliblar suvenirlar va tashkilotchilar tomonidan turli xil sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Shu kabi turnirlar mamlakatimizning chekka hududlarida kibersportning rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatish bilan bir qatorda, yoshlar orasida ushbu yo‘nalishni ommalashtirishga imkon beradi.

2021-06-01