Mitap: Ijtimoiy loyihalarni ishlab chiqish

3-may, soat 18:00da IT Park Toshkent filialida “Ijtimoiy loyihalarni ishlab chiqish” mavzusida mitap bo‘lib o‘tadi.

Uchrashuv spikerlari:

  • Aleksandra Buranova, Uzum Market'da mahsulot rahbari;
  • Artyom Arxangelskiy, Coozin loyihasi rahbari;
  • Monika Avakyan, Veon AdTech kompaniyasining mijozlarga xizmat ko‘rsatish bo‘limi rahbari.

Ular ijtimoiy loyihalarni yaratish va rivojlantirish sohasida o‘z tajribalari, bilimlari va amaliy tavsiyalari bilan o‘rtoqlashadi.

Bundan tashqari, uchrashuv davomida Google kompaniyasi tomonidan talabalar va texnologiya sohasidagi yosh mutaxassislar uchun tashkil etilgan Solution Challenge xalqaro tanloviga tayyorgarlik dasturi ishtirokchilari taqdirlanadi.

“Solution Challenge” – bu BMTning 17 Barqaror Rivojlanish Maqsadlaridan bir yoki bir nechtasiga muvofiq Google texnologiyalaridan foydalangan holda mahalliy muammoga yechim yaratish maqsadida Google tashabbusi bilan talabalar uchun har yili oʻtkazib kelinadigan tanlov.

Tadbir rus va oʻzbek tillarida oʻtkaziladi. Sessiyada ishtirok etish bepul.

Ro‘yxatdan o‘tish 3-may, soat 12:00 gacha quyidagi havola orqali amalga oshiriladi: https://forms.gle/Dd6Ckjr6Yiv6k87u9

Tajribali spikerlar va Solution Challenge ishtirokchilari bilan suhbatlashish, ijtimoiy loyihalar sohasidagi dolzarb mavzularni muhokama qilish va yangi narsalarni oʻrganish imkoniyatini qoʻldan boy bermang.

2023-05-01