MUIC rezidentlarini IT-Parkga oʻtkazish boʻyicha IT-Park bilan qoʻshimcha shartnomalar tuzish shartlari

Hurmatli “Mirzo Ulugbek Innovation Center” axborot texnologiyalarini ishlab chiqish va joriy etishni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha innovatsiyalar markazining Rezidenti,

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-dekabrdagi 965-sonli “Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq belgilab qoʻyildi:

­– “Mirzo Ulugbek Innovation Center” axborot texnologiyalarini ishlab chiqish va joriy etishni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha innovatsiyalar markazi (keyingi oʻrinlarda “Innovatsiyalar markazi”) oʻz rezidentlarini Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki (keyingi oʻrinlarda – Texnopark) ga oʻtkazilishi bilan tugatilmoqda;

– “Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki Direksiyasi” MChJ barcha huquqlar, majburiyatlar va kelishuvlar boʻyicha “Mirzo Ulugbek Innovation Center” axborot texnologiyalarini ishlab chiqish va joriy etishni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha innovatsiyalar markazi Direksiyasi”” MChJ ning huquqiy vorisi hisoblanadi.

Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 10-yanvardagi 17-sonli “Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parkini yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-iyundagi PF-5099-sonli “Respublikada axborot texnologiyalari sanoatini rivojlantirish uchun shart-sharoitlarni tubdan yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoniga asosan taqdim etilgan imtiyozlar texnopark rezidentlari uchun tatbiq etiladi.

Rezidentlarning faoliyatini amalga oshirish uchun qoʻshimcha qulay shart-sharoitlar yaratish, ularni yanada ragʻbatlantirish, shuningdek ularning Innovatsiyalar markazidan Texnoparkga oʻtishlari va ularning imtiyozlarining amal qilishini uzluksizligini taʼminlash maqsadida:

1. Innovatsiyalar markazining rezidentlari Texnopark Direksiyasi bilan mavjud shartnomalarga qoʻshimcha shartnomalar tuzishlari kerak.

2. Rezidentlar oylik sof daromadining bir foizi miqdorida, shu jumladan 2019-yil dekabr oyiga ham Texnopark Direksiyasiga quyidagi rekvizitlar boʻyicha oylik ajratmalar toʻlovini amalga oshiradilar:

Manzil: Toshkent shahri, M. Ulugʻbek tumani, Tepamasjid koʻchasi, 4

Bank: Toshkent shahar “Aloqabank” OPERU AK.

h/r: 2020 8000 0009 6604 8001

MFO: 00401

STIR: 305975326

OKED: 63990

Tel: (+998) 71 2091199.

3. Innovatsiyalar markazi Direksiyasiga 2019-yil 1-dekabrgacha boʻlgan davr uchun ajratmalar boʻyicha qarzlari boʻlgan rezidentlar mablagʻlarni 2020-yil 10-yanvardan kechiktirmay Innovatsiyalar markazi Direksiyasining hisob raqamiga oʻtkazishi shart.

4. Rezidentlar, 2019-yilning 4-choragi uchun hisobotni 2020-yil 10-yanvargacha Innovatsiyalar markazi va Texnopark Direksiyasiga yuborishlari kerak.

2019-12-27