Namangan viloyati hokimligi hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi oʻrtasida imzolangan qarorga asosan 2021-yil 16-dekabr kuni Namangan viloyati IT-Markazlari tashkil etilganining 1 yilligi nishonlandi.
Ushbu tadbirga bag‘ishlab “Bir yoshga to‘ldik” deb nomlangan tadbir o‘tkazildi, unda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Namangan viloyati hokimligi rahbarlari va xodimlari hamda IT Park xodimlar ishtirok etdi.
Tadbirda IT Park rahbari o‘rinbosari Abdulaxad Qo‘chqorov ham ishtirok etib, Namangan viloyati axborot texnologiyalarini rivojlantirish, yosh dasturchilarni oʻqitish bo‘yicha yetakchilardan biri ekanini ta’kidladi.
Tadbir so‘ngida shahar va viloyat IT- Markazlari xodimlari va rahbarlariga esdalik sertifikatlari topshirildi.
Ta’kidlash joizki, qisqa vaqt ichida o'quv markazlari, 5600 nafardan ziyod yoshlar ta'lim olish va talab yuqori bo'lgan kasb-hunarga ega bo'lishga muvaffaq bo'ldilar. 2021-yil davomida esa 8 ta IT-kompaniya IT Park rezidenti maqomini oldi.
2021-12-16