Namangan viloyatida IT’ga bag‘ishlangan festival bo‘lib o‘tdi
IT Park tomonidan joriy yilning 5-sentyabr kuni Namangan viloyatining Uchqo‘rg‘on tumanida viloyatning barcha faoliyat sohalarida, jumladan, axborot texnologiyalaridagi yutuqlariga bag‘ishlangan “Uch avlod uchrashuvi” festivali tashkil etildi.
Tadbirda Qirg‘iziston va Tojikiston delegatsiyalari a’zolari, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining mintaqaviy boshqarmasi vakillari, Namangan viloyatidagi IT Park filiali vakillari va IT markazlari xodimlari ishtirok etishdi.
IT Park va IT markazlarning Namangan filiali yosh dasturchilarining mobil robototexnika sohasidagi startaplar uchun innovatsion g‘oyalar va ishlanmalar qatorida ko‘rgazmada namoyish etilgan ilovalar eng katta qiziqishni uyg‘otdi. 
Mahalliy dasturchilarning faoliyati, ularning rivojlanishi, daromadlari va malakasini oshirishga bo‘lgan qiziqishlari haqidagi taqdimotdan so‘ng, tadbir faxriy mehmonlari axborot kommunikatsiya texnologiyalari rivojida sezilarli o‘zgarishlarni qayd etishdi.
Bugungi kunda respublikamizning barcha hududlarida yoshlarning IT kasblarini o‘zlashtirishlari va o‘z loyihalarini muvaffaqiyatli amalga oshirishlari uchun barcha imkoniyatlar yaratilgan. Mamlakatimizning har bir hududida barcha kerakli bilimlarni olish uchun faqat zamonaviy texnologiyalar va simsiz Internet bilan jihozlangan IT markazlar ochildi.
Bunday festivallarni o‘tkazish nafaqat yaqin va samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish uchun mamlakatlar va xalqlarni birlashtirishga, balki aholining axborot texnologiyalariga qiziqishi va IT dunyosining hozirgi tendentsiyalarining oshishiga yordam beradi. 

2021-09-10