Joriy yilning 28-sentyabr kuni Namangan to’qimachilik sanoati institutida Raqamli texnologiyalar vazirligi Namangan viloyati hududiy sho'basi, IT Park Namangan filiali hamda Janubiy Koreyalik tadbirkorlar ishtirokida muloqot o‘tkazildi. Tadbir davomida "School Foundation Sang Yoo" kompaniyasi vakillari bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish bo'yicha memorandum imzolandi.
Memorandumga ko'ra, viloyatdagi oliy ta'lim muassasalari ichida birinchi bo'lib "IT-Akademiyasi" ochiladi. Mazkur akademiya eng so'ngi rusumdagi kompyuterlar bilan ta'minlanadi.
Qayd etilishicha, akademiyada talabalar va o'qituvchilarga dasturlash tizimlari bo'yicha chuqur bilim va ko‘nikmalar beriladi. Ta’lim olish dasturining dastlabki uch yili Namangan to'qimachilik sanoati institutida amalga oshirilsa, yana bir yil Janubiy Koreyadagi to'qimachilik sanoati sohasida kadrlar tayyorlaydigan oliy ta'lim tashkilotlarida davom ettirilishi ko‘zda tutilgan.
2023-10-09