Nanodegree granti gʻoliblari

Nanodegree granti – bu “One Million Uzbek Coders” loyihasi treklaridan birida yuqori bosqichlarda bepul tarzda oʻqishni davom etish imkoniyatidir. Udacity dasturi doirasidagi Nanodegree kursi 3 oy davom etadi va uni muvaffaqqiyatli yakunlaganlar Udacity Nanodegree sertifikatiga ega boʻladilar. Nanodegree diplomlari IT-industriya gigantlari, jumladan, Google, AT&T, Autodesk, Salesforce va boshqalar tomonidan tan olinadi.

“One Million Uzbek Coders” loyihasi bu muayyan IT mutaxassislik yoʻnalishlari boʻyicha oʻqish imkonini beruvchi bepul onlayn platformadir.

Oʻzbekistonda loyiha “Dubai Future Foundation” fondi, IT Park qoshidagi IT-akademiya, Toshkentdagi INHA universiteti hamda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi IT-maktabi bilan hamkorlikda Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan amalga oshirilmoqda.

Ikkinchi yakuniy imtihonga 500 dan ziyod kishi roʻyxatdan oʻtdi. Jami 413 kishi imtihon topshirdi va ulardan 155 tasi (70 balldan ortiq jamlaganlar) final bosqichiga yoʻl oldi hamda TOP-50 talikka kirgan ishtirokchilar Udacity granti gʻolibi boʻlish baxtiga muyassar bo’ldi.

Gʻoliblar roʻyxati bilan saytimiz orqali tanishishingiz mumkin:

2020-06-16