Navoiy, Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida “One Million Uzbek Coders” doirasida o‘qituvchilar uchun tanlov.

2021-yil iyul oyida Navoiy, Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarining informatika va axborot texnologiyalari o‘qituvchilari “One Million Uzbek Coders” loyihasi doirasida o‘tkazilgan “Eng yaxshi 100 o‘qituvchi" tanlovida g‘olib bo‘lganlari munosabati bilan mukofotlandi.

Ma’lumki, “One million Uzbek Coders” loyihasi doirasida IT Park tashabbusi bilan Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda va O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta‘limi vazirligi ko‘magida “Eng yaxshi 100 informatika va axborot texnologiyalari o‘qituvchilari" tanlovi tashkil etildi.

Joriy yilning iyul oyida Navoiy, Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida “Eng yaxshi100 o‘qituvchi” ro‘yxatiga kiritilgan informatika va axborot texnologiyalari o‘qituvchilarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Ushbu tanlov natijalari “One Million Uzbek Coders” dan 4 ta yoʻnalishda – maʼlumotlar tahlilli, frontend dasturlash, fullstack dasturlash va Android asosida mobil dasturlash boʻyicha kurslarda qatnashgan informatika oʻqituvchilari talabalari soni bilan aniqlandi.

Navoiy viloyati

Informatika va axborot texnologiyalari oʻqituvchilarini taqdirlash marosimi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Navoiy viloyati boshqarmasi hamda Navoiy viloyati xalq taʼlimi boshqarmasi bilan hamkorlikda Navoiy viloyatidagi IT Park binosida o‘tkazildi.

Surxondaryo viloyati

26 iyul kuni Surxondaryo viloyatida “Million Uzbek Coders” loyihasi ijodkorlarining “Eng yaxshi100 o‘qituvchi” tanlovi doirasida g‘olib bo‘lgan 2 o‘qituvchi taqdirlandi. Tadbir Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Surxondaryo viloyati boshqarmasi hamda xalq ta'limi vazirligining Surxondaryo viloyati boshqarmasi bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Qashqadaryo viloyati

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Qashqadaryo viloyati boshqarmasi, xalq ta'limi vazirligining Qashqadaryo viloyati boshqarmasi vakillari, shuningdek, Qashqadaryo viloyatidagi IT park vakillari tomonidan tashkil etilgan ma’rosimda 7 nafar informatika va axborot texnologiyalari o‘qituvchilari taqdirlandi.

Xulosa qilib shuni taʼkidlash kerakki, bunday tanlovlarning oʻtkazilishi mamlakatda malakali IT mutaxassislari va informatika oʻqituvchilari sonining koʻpayishiga turtki beradi. “One Million Uzbek Coders” loyihasi shu bilan cheklanib qolmasdan, aholining axborot texnologiyalari va innovatsiyalar dunyosidagi tendentsiyalari toʻgʻrisida xabardorligini yanada oshirishga qaratilgan.

2021-08-09