2022-yil 25-fevral kuni Navoiy davlat pedagogika institutida viloyatdagi birinchi inkubatsiya markaziga aylangan IT Parkʼdagi 31-inkubatsiya markazining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Navoiy viloyati hududiy boshqarmasi rahbariyati, Navoiy davlat pedagogika instituti rahbariyati, IT Park vakillari, shuningdek, OAV vakillari va ushbu OTM talabalari ishtirok etdilar.
Tantanali ochilish marosimidan so‘ng mazkur institutda tahsil olayotgan yosh dasturchilar va tadqiqotchilar tomonidan yaratilgan ilmiy va startap-ishlanmalarning taqdimotlari bo‘lib o‘tdi.
2022-02-26