«Nokia» kompaniyasi vakillari IT Parkʼga tashrif buyurdilar

2021-yil 4-mart kuni IT Parkʼda «Nokia Networks» kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Uchrashuvda «Nokia Networks» marketing boʻlimi rahbari Mikko Lavanti, «Nokia Networks» Markaziy Osiyoda mijozlar bilan ishlash guruhi rahbari Jenk Koʻz, shuningdek, IT Park direktori birinchi oʻrinbosari Alisher Xafizov, IT Park Xalqaro faoliyati boʻyicha direktor oʻrinbosari Bahodir Ayupov, IT Park ijodiy boʻlimi boshligʻi Jamila Xalibaeva, IT Park rezidentlarini qoʻllab-quvvatlash boʻlimi boshligʻi Nigora Narzikulova, IT Parkʼda startap-ekotizimni rivojlantirish boʻlimi boshligʻi Jahongir Rajabov, IT Park Raqamli transformatsiya boʻlimi boshligʻi Anastasiya Filippova, IT Akademiyasi direktori Dmitriy Ten va boshqalar ishtirok etdilar.

Uchrashuv davomida mehmonlar Oʻzbekistonda «Nokia» kompaniyasi uchun dinamik rivojlanishdagi telekommunikatsiya, asosiy qismi yoshlardan iborat boʻlgan yirik aholi soni singari yurtimizdagi koʻplab imkoniyatlar mavjudligi haqida soʻzlab berdilar.

Bahodir Ayupov oʻz navbatida Oʻzbekiston hukumati mamlakatimizda IT sohasini rivojlantirishga katta eʼtibor qaratayotganini taʼkidladi.

Mehmonlar, shuningdek, IT Parkʼning taʼlim loyihalariga, shuningdek, mahalliy yoshlarni Oʻzbekistonda «Nokia»ning boʻlgʻusi faoliyati uchun yaxshi sharoitlar yaratish maqsadida yoshlarni yangi texnologiyalar haqida xabardor qilish va zamonaviy texnologiyalardan foydalanishga jalb qilishga qiziqish bildirishdi.

Bundan tashqari, «Nokia» vakillari Oʻzbekiston IT sohasida qizlar kam ekanligini qayd etdilar. Boxodir Ayupov bunga javoban, ushbu masala IT Park va umuman mamlakatimiz uchun ogʻriqlardan biri ekanligini taʼkidladi. IT Park, oʻz navbatida, turli loyihalar va tadbirlar, taʼlim dasturlari va boshqalarni amalga oshirish orqali ushbu sohaga qiziquvchi qizlar sonini oshirishga harakat qilayotganligini qoʻshimcha qildi.

Uchrashuv yakunida «Nokia» vakillari «Nokia Garage» yaratish va uni Oʻzbekiston oliy oʻquv yurtlarida IT Park tashkil etadigan inkubatsiya markazlariga integratsiya qilish istagini bildirdilar. Bundan tashqari, mehmonlar taʼlim loyihalarida ishtirok etish, hamkorlikda raqamli platformalar yaratish va taʼlim muassasalari bilan integratsiya qilishga qiziqish bildirdilar. Kelgusida tomonlar har ikki tomon uchun ham qiziqish uygʻotadigan loyihalarni batafsil muhokama qilish maqsadida navbatdagi ishchi uchrashuvini oʻtkazadilar.

2021-03-08