Nukus yoshlari oʻrtasida oʻtkazilgan startap gʻoyalar tanlovi gʻoliblari eʼlon qilindi!

Joriy yilning 12 va 13 noyabr kunlari Nukus shahrida IT Park boshchiligida Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nukus filiali, EDUNOMICS hamda YeXHTning O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori hamkorligida «IDEATHON» startap g‘oyalari tanlovi bo‘lib o‘tdi.  Malbazar, Earn Money by Knowledge, Wind and Water kabi loyihalar g‘olib deb topildi.

Tanlov ishtirokchilari jamiyat muammolarini hal etuvchi aniq g‘oyani ishlab chiqdi va uni atigi 2 kun ichida minimal hayotga yaroqli mahsulotgacha ishlab chiqa oldi.  Loyihalar asosan sunʼiy intellekt, tibbiyot, energetika, qishloq va suv xoʻjaligi, taʼlim, ijtimoiy himoya va aholi bandligini taʼminlash sohalarida ishlab chiqilgan.

Loyihalar haqida batafsil:

Malbazar – (1-o‘rin)

«Malbazar»xuddi shu nomdagi jamoa loyihasi bo‘lib, chorvachilik bilan shug‘ullanuvchi jismoniy va yuridik shaxslar uchun reklama joylashtirishga mo‘ljallangan.  Platformada uy hayvonlari xaridorlari uchun ma‘lumotlar joylashtiriladi, bu yerda siz ushbu sohada o‘z xizmatlaringizni ham ko‘rsatishingiz mumkin.

Earn money by knowledge – (2-o‘rin)

Earn Money by Knowledge – bu foydalanuvchilar ingliz tilidagi savollarga to‘g‘ri javob berib pul ishlashlari mumkin bo‘lgan platformadir.  Ushbu loyiha yoshlarni qayerda bo‘lishidan qat’I nazar, chet tillarini o‘rganishga undaydi.  Shunday qilib, platforma foydalanuvchilari ingliz tilini yaxshilashlari mumkin.

Wind and Water – (3-o’rin)

G‘olib bo‘lgan so‘nggi loyiha Wind and Water deb nomlanadi.  Bu ishlanma yer osti suvlaridan shamol yordamida inson mehnatini jalb qilmasdan foydalanib, energetika sohasini rivojlantirishga xizmat qilmoqda.

G‘olib bo‘lgan loyihalar mualliflari qimmatbaho sovg‘alar, sertifikatlar, shuningdek, axborot texnologiyalari sohasidagi malakali mutaxassislardan o‘z loyihasi g‘oyasini ishlab chiqishda har tomonlama mentorlik yordamiga ega bo‘ldilar.

Bunday loyihalarning amalga oshirilishi yoshlarda o‘z innovatsion loyihalarini ishlab chiqishga qiziqish darajasini sezilarli darajada oshirishni ta’minlamoqda.  Bu yoshlarga o‘z g‘oyalari ustida ishlash, tajriba orttirish va IT mutaxassislardan maslahat olish imkonini beradi.

2021-11-21