25-may kuni Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nukus filialida “Axborot texnologiyalari va yoshlar” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi.
Kun tartibida – IT-yoʻnalishini ommalashtirish va rivojlantirish.
Seminarda Nukus shahridagi IT Park filiali menejeri Madiyar Elmuratov so‘zga chiqdi. U AKT sohasini rivojlantirish istiqbollari haqida gapirdi. Bundan tashqari, tinglovchilar IT Park, startap loyihalar, rezidentlar, kurslar, imkoniyatlar va onlayn-universitetlar haqida ma’lumotga ega bo‘ldilar va tadbir so‘ngida o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.
Spiker ta’kidlaganidek, yosh avlod zamonaviy texnologiyalarga qiziqayotgani bois IT-kadrlar tayyorlash borasidagi kompleks ishlarni davom ettirish zarur. Qolaversa, u axborot texnologiyalari jadal rivojlanayotgani, yangi vositalar paydo bo‘layotgani, bu esa qo‘shimcha ta’lim olish, uzluksiz o‘rganish zarurligini ta’kidladi.
2022-05-26