2025-yil 20-may kuni “StartupBlink” bugungi kunda jahon startap iqtisodiyotining eng mukammal tahlili hisoblangan yangilangan “Global Startup Ecosystem Index 2025” reytingini e’lon qildi. Hisobotda 1400 ta shahar va 110 ta mamlakat reytingi keltirilgan hamda innovatsion iqtisodiyot yetakchilari aniqlangan. Indeks “Crunchbase”, “Semrush” va 100 dan ortiq davlat idoralari kabi global ma’lumotlar hamkorlari bilan birgalikda ishlab chiqilgan.
O‘zbekiston 2025-yilda muhim yutuqqa erishib, ilk bor global startap ekotizimlarining top-100 taligiga kirdi. Mamlakat rekord darajadagi o‘sishni namoyish etib, Markaziy Osiyodagi eng tez rivojlanayotgan startap markaziga va jahon miqyosidagi asosiy g‘oliblardan biriga aylandi.
2025-yilda O‘zbekiston startap ekotizimi uchun asosiy natijalar
O‘zbekiston startaplar va innovatsion texnologiyalar uchun istiqbolli markaz sifatida o‘z mufuzink ishonchli tarzda mustahkamlashda davom etmoqda. IT Park Uzbekistan qo‘llab-quvvatlashi, davlat tashabbuslari va yuqori malakali kadrlar tufayli mamlakat jahon investorlari va texnologiya kompaniyalari e’tiborini tobora ko‘proq jalb qilmoqda. Dunyo startap ekotizimlarining top-100 taligiga kirish O‘zbekiston uchun global innovatsiya maydonida muhim o‘yinchiga aylanish yo‘lidagi faqat boshlanishdir.
2025-05-20