IT Park direktori Farxod Ibragimovning tashabbusi bilan IT Park Uzbekistan rezident kompaniyalari IT Park Qozon, Maxsus iqtisodiy zona va “Innopolis” universiteti, BARS Group sheriklik tarmogʻi, shuningdek, Qozon axborot texnologiyalari kolleji bilan yaqin hamkorlik qiladi. Bu shuni anglatadiki, 2021-yil oxiriga qadar Oʻzbekiston IT kompaniyalari Tataristonda oʻz vakolatxonalarini ochish imkoniyatiga ega boʻladilar va IT Park Kazan va “Innopolis”ning rezident kompaniyalari Toshkentda yangi ish oʻrinlari bilan taʼminlaydilar.
Joriy yilning 23-iyun sanasida Yuqori texnologiyalar texnoparkida Tatariston birinchi yuqori texnologiyalar texnoparki bosh direktori bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. IT Park Kazan faoliyati IT Park Uzbekistan tomonidan amalga oshirilgan ishlarga juda oʻxshashdir – ular startaplar va IT kompaniyalariga innovatsion loyihalarni amalga oshirish, inkubatsiya va tezlashtirish dasturlarini amalga oshirish va kovorking markazlarini ochish uchun sharoit va imtiyozlar taqdim etadi. Bugungi kunda Qozon IT Parkida 213 rezident-kompaniya mavjud boʻlib, ularning eng yaxshilari Oʻzbekiston bozori bilan tanishib, oʻz filiallarini ochadi va shu bilan mamlakatimizning istiqbolli IT mutaxassislari uchun yangi ish oʻrinlarini taqdim etadi. Ushbu hamkorlik doirasida IT Park Uzbekistan rezidentlari ham oʻzlarining IT mahsulotlari bilan Rossiya bozoriga kirish imkoniyatiga ega boʻladilar, bu esa Oʻzbekiston eksporti darajasini oshiradi.
Bunga qoʻshimcha ravishda, Oʻzbekistondagi startaplar OIC (Islom Hamkorligi Tashkiloti) Startap Hubʼda akseleratsiya dasturi uchun eng yaxshi 30 startapni tanlashda ishtirok etishlari va tanlovning ikkinchi bosqichi Oʻzbekiston poytaxtida tashkil qilinishi mumkin. Startup Hub har yili dunyo boʻylab minglab ishtirok etish uchun yoʻllangan arzialar bilan oʻtkaziladi, ammo faqat bitta gʻolibgina oʻz loyihasi uchun $20 000 mukofot bilan taqdirlanadi. Ushbu imkoniyat axborot texnologiyalari sohasini rivojlantirish uchun Oʻzbekistonga koʻproq xalqaro IT mutaxassislarini jalb qilish imkonini beradi.
Menejerlari IT Park Uzbekistan bilan hamkorlik qilishdan manfaatdor boʻlgan ikkinchi Tatariston kompaniyasi “Innopolis” Maxsus Iqtisodiy Zonasi deb nomlangan boʻlib, MTS, Sberbank va Yandeksʼni oʻz ichiga olgan 220 rezident kompaniyalari mavjud. 2021-yil oxiriga kelib, “Innopolis” MIZning bir nechta rezident kompaniyalari mamlakatimiz iqtidorli IT mutaxassislarini qoʻshma innovatsion loyihalar ustida ishlashga jalb qilib, Oʻzbekiston bozoriga chiqishni rejalashtirmoqdalar.
Shuningdek, “Innopolis” qoshida IT sohalari bilan mashhur boʻlgan Universitet mavjud. Innopolis universiteti koʻmagida robototexnika boʻyicha Oʻzbekiston milliy jamoasi 2022-yilda boʻlib oʻtadigan WorldSkills Jahon chempionatida keyingi ishtirok etish uchun rossiyalik murabbiylardan bilim olishi mumkin boʻladi. Buning uchun Innopolis universiteti oʻqituvchilari Toshkentga uchib boradilar va Oʻzbekistondagi IT markazlarida robototexnika boʻyicha qator treninglar va mahorat darslarini oʻtkazadilar.
Shuningdek, 1000 dan ortiq amalga oshirilgan loyihalarga ega boʻlgan “BARS Group” AJ kompaniyasi va Qozon axborot texnologiyalari maktabi mahalliy bozorni oʻrganish va Oʻzbekistonda Axborot texnologiyalari texnik maktabini yaratish uchun Toshkentga tashrif buyurmoqchi. Qozon axborot texnologiyalari texnik maktabi Samsung, Yandex, 1C, Cisco bilan hamkorlikda koʻplab oʻquv dasturlarini ishlab chiqdi, bu yoshlarga nafaqat Rossiyada, balki butun dunyoda yetakchi mutaxassislardan taʼlim olish imkoniyatini beradi.
Xorijiy kompaniyalar bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, axborot texnologiyalari sohasidagi tajribali mutaxassislarni Oʻzbekiston Respublikasining turli kompaniyalariga jalb qilishda muhim ahamiyatga ega, chunki bu mamlakatning IT sohasini takomillashtirish yoʻlida samarali tajriba va bilim almashishga imkon beradi.
2021-07-04