Oʻzbekiston prokuraturasi vakillarining IT-Parkga tashrifi

Kecha, 2020-yil 19-fevral kuni IT-Parkga Oʻzbekiston Respublikasi prokuratura idoralari vakillari tashrif buyurishdi. Tashrif doirasida mehmonlar yoshlar bilan uchrashuv oʻtkazib, ular bilan mamlakatimizda axborot texnologiyalarini rivojlantirish boʻyicha dolzarb mavzularda suhbatlashishdi.

Shuningdek, IT-Park vakillari mehmonlar uchun ekskursiya uyushtirib, tashkilotning maqsadlari va vazifalari, uning xususiyatlari, oʻziga xos jihatlari va umuman, Oʻzbekistonning IT sohasi haqida gapirib berdilar.

Mazkur uchrashuv yakunida tomonlar Oʻzbekistonda axborot texnologiyalarini har tomonlama joriy etish maqsadida kelgusida hamkorlik qilish toʻgʻrisida kelishib oldilar.

2020-02-21