O‘zbekiston raqamli inklyuziya sari: Toshkentda nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun ta’lim dasturi ishga tushirildi

8-avgust kuni Toshkentda Jahon banki, IT Park va O‘zbekiston Nogironlar jamiyati Markaziy kengashi ko‘magida amalga oshirilayotgan “Uzbekistan Digital Inclusion” tashabbusi doirasida o‘quv kursi boshlandi. Dastur nogironligi bo‘lgan yoshlar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, unda rezyume tuzish, suhbatga tayyorgarlik ko‘ris hamda mehnat huquqlari bilan tanishish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar o‘tkaziladi.

Mazkur o‘quv dasturi aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini raqamli iqtisodiyotga integratsiya qilish va IT-xizmatlar sohasida yangi ish o‘rinlarini yaratishga qaratilgan keng qamrovli strategiyaning birinchi bosqichi hisoblanadi. Keyinchalik tashabbus mamlakatning to‘qqizta hududini qamrab oladi hamda unda 18 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan kamida 450 nafar ishtirokchini jalb etishni, shundan kamida 50 foizini ayollar tashkil etishini nazarda tutadi.

Loyiha “Raqamli O‘zbekiston – 2030” va “2022–2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi” maqsadlariga to‘liq mos keladi va raqamli transformatsiya ijtimoiy adolat va iqtisodiy imkoniyatlarni kengaytirish vositasi bo‘lib xizmat qilishi mumkinligini yaqqol namoyon etadi.

2025-08-08