O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki IT Park bilan birgalikda “O‘zingni va pullaringni asra” nomli videoroliklar tanlovini ishga tushirmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki IT Park bilan hamkorlikda video yasashga qiziqadiganlar, video olishni yoqtiradiganlar va ishlari boshqalarga maksimal darajada foyda keltirishini xohlaydiganlar uchun  “Global Money Week”, ya’ni “Butunjahon pul haftaligi” loyihasi doirasida “O‘zingni va pullaringni asra” nomli videoroliklar tanlovini tashkil qilmoqda.

Ishtirok etish shartlari:

•  2021-yil 5-aprelga qadar mavzulardan biriga informatsion videorolik tayyorlang (1 daqiqagacha);

•  Tanlovda ishtirok etish uchun arizani yuklab oling va to‘ldiring:

•  Ariza va videorolikni konkurs.cbu@gmail.com elektron manziliga yuboring (elektron pochta mavzusida “Global Money Week videoroliklar tanlovi” deb ko‘rsatib o‘tish shart)

•  Finlit.uz ijtimoiy sahifalarida anonslarni kuzatib boring

Videorolik suratga olishingiz mumkin bo‘lgan mavzular

“Bank kartalari bilan bog‘liq firibgarliklarning oldini olish”

“Raqamli moliyaviy xizmatlardan xavfsiz foydalanish”

Eng yaxshi ijodiy ishlar Markaziy bank tomonidan o‘qishda foydali sovg‘alarni qo‘lga kiritadilar:

1 o‘rin – elektron kitob

2 o‘rin – smart soat

3 o‘rin - hard disk

Ma’lumot uchun:

Global Money Week – bu moliyaviy savodxonlikni oshirishga, maqsadi yoshlarni moliyaviy masalalar, investisiyalar va tadbirkorlikni o‘rganishga ilhomlantirishga bag‘ishlangan loyiha. “Global Money Week” haftaligi o‘tgan yili bo‘lib o‘tdi. Ushbu haftalikda nafaqat O‘zbekiston, balki bir vaqtning o‘zida dunyoning 175 ta mamlakati ishtirok etdi.

Batafsil ma’lumot: https://finlit.uz/ru/news/460257/

2021-03-23