13-aprel kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev raisligida yoshlar bandligini ta’minlash va ularning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish boʻyicha vazifalarning bajarilishiga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
Mamlakatimizda 2021-yil “Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” deb eʼlon qilindi va tegishli davlat dasturi amalga oshirilmoqda.
Videoselektor davomida vazirlar, viloyatlar, tumanlar va shaharlar hokimlari, sektorlar rahbarlari va universitet rektorlari tomonidan amalga oshirilayotgan vazifalarning borishi, yoshlar bilan ishlash holati koʻrib chiqildi.
Yoshlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish uchun qoʻshimcha ravishda 36 ming toʻgarak tashkil etildi, ularga 874 mingga yaqin oʻgʻil-qiz jalb qilingan. Beshta muhim tashabbus doirasida taʼlim muassasalari, kutubxonalar va oʻquv markazlariga 97 mingta badiiy va sport anjomlari, kompyuterlar va 562 mingdan ziyod badiiy kitoblar sovgʻa qilindi.
Yurtboshimiz taʼkidlaganidek, “yoshlar daftari”ga kiritilgan 4000 ga yaqin yoshlar respublikadagi 120 ta IT Markazʼda malaka oshirdilar. Ularga biznes uchun sharoit yaratish maqsadida kompyuterlar bilan taʼminlash tizimi yaratiladi.
Shu maqsadda “One million uzbek coders” loyihasi doirasida malaka oshirish jarayonida sertifikat olgan yoshlarga ATB Xalq banki, AT Aloqabank va AT Xalq banki tomonidan foizsiz kreditlar beriladi. Ular uchun foizlar byudjet tomonidan toʻliq qoplanadi.
Maʼlumot uchun:
Bugungi kunga qadar uzbekcoders.uz platformasida 250 ming foydalanuvchi roʻyxatdan oʻtgan, ulardan 120 ming nafari aʼzolik sertifikatiga va 80 ming nafari bitiruvchi sertifikatiga ega. Mamlakat “yoshlar daftari” 648 ming ishsizni oʻz ichiga oladi, ulardan 283 ming nafari birinchi chorakda ish bilan taʼminlandi.
2021-04-15