Oʻzbekiston robototexnika boʻyicha “RoboFest 2020” xalqaro festivalida ishtirok etadi

Quyi Novgorodda boʻlib oʻtadigan “RoboFest 2020” robototexnika xalqaro festivalida Oʻzbekiston jamoasi ishtirok etadi!

2020-yil 22-23 yanvar kunlari boʻlib oʻtadigan festivalda 70 dan ortiq mamlakatlarning terma jamoalari ishtirok etadi va bu mamlakatlar orasida robototexnika boʻyicha chempion hisoblangan mamlakatlar – Janubiy Koreya, Xitoy va AQSh ham bor.

Robototexnika boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzolari: Suxrob Haydarov (IT- Centers murabbiyi), Rashid Rashidov, Bektemir Miroʻktamov, Jafar Orifjonov. Jamoa bosh murabbiyi Ozodbek Xoʻjayev boʻldi.


Musobaqa oʻtkaziladigan yoʻnalishlar quyidagilar:

  • “HELLO, ROBOT!” LEGO®
  • “HELLO, ROBOT!” OPEN
  • “Robofest” maktab olimpiadasining mintaqaviy bosqichi
  • AutoNet 14+
  • EcoNet 10+
  • Muhandislik loyihasi
  • FLL, FLL JUNIOR, MTK

Eslatib oʻtamiz, Suxrob Haydarov robototexnika sohasidagi Navoiy shahridagi IT-Centerʼda 15 yoshli mentor boʻlib, u oʻzining “Aqlli katak” va “Robot Maks” kabi IT-mahsulotlarini yaratganligi bilan tanilgan.

“ROBOFEST” – Yevropadagi eng yirik festival va dunyo boʻyicha eng yirik festivallardan biri boʻlib, u har yili oʻzlarining noyob dasturiy ishlanmalarini namoyish etadigan ilmiy-texnik ijodiyotning 6 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan eng yaxshi ishtirokchilarini toʻplaydi. Bu nafaqat robototexnika musobaqalari, balki taʼlim, oʻyin va koʻngilochar dasturlar: taqdimotlar, master-klasslar, interfaol maʼruzalar uchun ham platformadir. Anʼanaviy festival doirasida biznes-dasturlar, dasturning hamkorlari va resurs markazlari uchun tanlovlar tashkil qilinadi, maktab oʻquvchilari uchun sayohatlar oʻtkaziladi.

2020-01-21