O‘zbekiston startaplari Banks&Business Expo ko‘rgazmasida: g‘oliblar e’lon qilindi

IT Park Uzbekistan O‘zbekistonning 7 ta yetakchi banki vakillari, 35 dan ortiq spikerlar va 10 nafar investorlarni birlashtirgan “Banks&Business Expo”  ko‘rgazmasi doirasida startap taqdimotini tashkil etdi. “Startup Pitch Session” davomidaa 14 ta startap o‘z loyihalarini investorlar va soha mutaxassislariga taqdim etish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Startup Pitch — bu istiqbolli g‘oyalar va kengayishga tayyor jamoalarni aniqlashga qaratilgan startap tanlovi bo‘lib, ishtirokchilarga loyihalarini ekspert hay’ati va investorlarga namoyish etish, shuningdek, muhim tavsiyalar va fikr-mulohazalarni olish imkonini yaratadi.

Loyihalarini taqdim etgan startaplar: “Organizm.uz”, “Uz-IRP”, “Horizon”, “FinFlow.ai”, “Candy Market”, “Screenix”, “Dasyor”, “137 AI”, “LaCafe”, “IT Education”, “Elektron Kundalik”, “Smart Menu”, “BITZ” va “Deloro Network”.

Hay’at a’zolari loyihalarni quyidagi asosiy mezonlar bo‘yicha baholadi: g‘oyaning innovatsionligi; biznes-modelning hayotiyligi; taqdimot sifati; bozor salohiyati; jamoaning kasbiy salohiyati.

Hakaar hay’ati tarkibidan venchur fondlari vakillari va sanoat yetakchilari o‘rin oldi:

Farrux Maksumov — “Cs Angels” boshqaruvchi hamkori

Ilya Pavlov — “Severstal Ventures” boshqaruvchi direktori

Mirshod Shakirov — “Biznes-Diplomat” xalqaro ta’lim loyihasi asoschisi

Kaynar Mardenov — CDO, “Most New Bank”

G‘oliblar:

1-o‘rin — “Screenix”

2-o‘rin — “Horizon”

3-o‘rin — “IT Education”

Tomoshabinlar e’tirofi sovrinini esa “FinFlow.ai” loyihasi qo‘lga kiritdi.

“Startup Pitch Session” O‘zbekistonda startap ekotizimi jadal rivojlanayotganini yaqqol namoyon etdi. Bunday tashabbuslar yosh loyihalarga yangi bosqichga chiqish, investorlar e’tiborini jalb qilish va mamlakatda innovatsiyalar taraqqiyotini jadallashtirish imkonini beradi.

2025-04-30