O‘zbekiston startaplari xalqaro akseleratorda ishtirok etishlari mumkin

Sber “Sber500” texnologik startaplari uchun xalqaro akseleratorning yangi toʻlqinini ishga tushirmoqda.

Butun dunyo boʻylab startaplar ariza topshirishlari mumkin. Akseleratorda 20 ta texnologik yoʻnalishlaridan birida yechimlari boʻlgan loyihalar ishtirok etishi mumkin: reklama va marketing, geotargeting va kartografiya, logistika, kompyuter nigohi, telemeditsina, web 3.0 servislari, kiberxavfsizlik va boshqalar. Sunʼiy intellekt texnologiyalari hamda metakoinot va markazlashtirilmagan moliya (DeFi)  uchun yechimlardan foydalanadigan loyihalar qoʻshimcha mentorlik yordami va oʻz yechimlarini Sber mahsulotlariga integratsiya qilish imkoniyatini oladi.

Dastur 6 haftaga moʻljallangan. Xalqaro ekspertlar biznesni diagnostika qiladilar, uni jadallashtirish boʻyicha individual tavsiyalar beradilar, shuningdek, boshqa mamlakatlar bozorlarida shunga oʻxshash loyihalarni muvaffaqiyatli ishlab chiqish va joylashtirish boʻyicha insaytlari bilan boʻlishadilar.

Bu safar dasturni yakunlashi mumkin boʻlgan 25 ta kuchli jamoa tanlab olinadi, keyin esa ular oʻz loyihalarini fondlarga va korporatsiyalarga taqdim etadigan keng koʻlamli Demo kunida qatnashadilar.

Ishtirok etishning afzalliklari:

  • doʻstona fondlar va korporatsiyalar bilan hamkorlik aloqalarini oʻrnatish imkoniyati;
  • 1500 dan ortiq xorijiy startaplarni tezlashtirish tajribasiga ega xalqaro ekspertlar bilan kuchli networking;
  • mahsulotni batafsil ishlab chiqish va biznesni rivojlantirish – marketing va sotish, masshtablash, fandrayzing, pitching.

Talablar quyidagicha: MVP va birinchi sotuvlar mavjudligi, ishlab chiqarish, seed-bosqichi.

Arizalar 14-fevralgacha qabul qilinadi.

Quyidagi havola orqali batafsil ma'lumot olish va ariza topshirish mumkin: https://sberbank-500.ru/

 

2023-01-17