2021-yil 26–28-mart kunlari startapchilar, dasturchilar va dizaynerlar uchun MOST Biznes inkubatori tomonidan Tadbirkorlik va biznes muhitini rivojlantirish bo‘yicha USAID loyihasi ko‘magida tashkil etilgan “Online Startup Weekend Uzbekistan 2021” tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbirning mahalliy hamkori IT Park hisoblanadi.
Eslatib o‘tamiz, tadbir doirasida ishtirokchilar o‘z startaplarining boshlang‘ich prototipini ishlab chiqishi mumkin bo‘lgan «Techstars Startup Weekend» non-stop marafoni tashkil etildi. Ishtirokchilar biznes g‘oyalarni amalga oshirishda yordam berishga tayyor bo‘lgan eng yaxshi mentor, investor va kompaniya ta’sischilari bilan ishlashga muvaffaq bo‘lishdi. Tadbir yakunida, 3 ta jamoa marafon finalchilariga aylanishdi va o‘z loyihalarini rivojlantirishlari uchun pul mukofatiga ega bo‘lishdi.
1-o‘rin – “MolBor” nomli loyiha jamoasi
- Chorva mollarini sotib olish va sotish uchun C2C marketpleysi.
2-o‘rin– “Shift me” nomli loyiha jamoasi
- Kurslarning onlayn ta’lim platformalari agregatori
3-o‘rin–“Eyemed” nomli loyiha jamoasi
- Ko‘zni parvarish qilish va ko‘rish qobilyati pasayishining oldini olish uchun mo‘lgallangan mobil ilova.
Avval aytib o‘tganimizdek, g‘oliblarga tanlov bosh hamkori Mastercard tomonidan pul mukofotlari topshirildi. Mahalliy tanlovning umumiy mukofot jamg‘armasi 2000 AQSh dollarini tashkil etdi.
Qolaversa, finalchilarga startap va texnologik korxonalar uchun moliyaviy yechimlarni taqdim etishga ixtisoslashgan Polcha Finans PM konsalting kompaniyasi ekspertlari tomonidan fandreyzing va moliyaviy modellar bo‘yicha konsultatsiya olish uchun sertifikatlar taqdim etildi.
Eslatib o‘tamiz, “Online Startup Weekend” - bu 56 soatlik non-stop xakaton hisoblanadi. Xakatonda sizga startapingizning prototipini mentor va ekspertlar konsultatsiyasi yordamida ishlab chiqish imkoniyati beriladi.
2021-03-30