O‘zbekiston va Koreya elektron hukumat loyihalarini tatbiq etadi

26-yanvar kuni Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Koreya Respublikasining Ozbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi janob Kim Xi San bilan uchrashdi.

Tomonlar elektron hukumat va telekommunikatsiyalar sohasidagi ikki tomonlama hamkorlikni muhokama qildilar. Muloqot ishtirokchilari elektron hukumat sohasida istiqbolli loyihalarni amalga oshirish, raqamli texnologiyalar sohasida aholiga korsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish, shuningdek, mamlakatning ushbu yoʻnalishdagi xalqaro reytinglarda yuqori orinlarni egallash masalalariga alohida etibor qaratdilar.

Uchrashuvda janob Elchi Ozbekiston IT-xab sifatida IT Park, xususan, oʻz rezident kompaniyalarini qollab-quvvatlash dasturi tufayli Koreya IT kompaniyalari tomonidan qiziqish uygʻotayotganligini takidladi. Shunday qilib, ushbu shartlar tufayli Korea Cloud bugungi kunda IT Park rezidentiga aylandi. Yaqin orada Koreyaning boshqa IT-kompaniyalarini, jumladan, BPO kompaniyalarini IT Park rezidentlari qatoriga jalb qilish rejalashtirilgan.

Shuningdek, tomonlar Ozbekistonda IT-talim sohasini birgalikda rivojlantirish va AKT sohasida kadrlar malakasini oshirishga kelishib oldilar.

Uchrashuvda O‘zbekiston va Koreya o‘rtasidagi hamkorlik 2022-yilda yangi bosqichga koʻtarilgani, 2023-yilda esa faqat kengayib borishi taʼkidlandi. Ushbu ishlarni davom ettirib, 2023-yilda mamlakatning 5 ta hududida tashkil etilgan IT Markazlari negizida “Yoshlarning raqamli iqtisodiyot va raqamli tadbirkorlikni rivojlantirish” kurslarini tashkil etish rejalashtirilgan.

 

2023-01-27