2022-yilning 2–3-mart kunlari davlat mobil ilovalarini yaratish bo‘yicha mGovAward tanlovi doirasida IT Park xodimlari O‘zbekistonning 4 ta viloyatiga tashrif buyurishdi.
Ikki kun davomida quyidagi yo‘nalishlarda uchrashuvlar tashkil etildi: Buxoro (Yoshlar markazi), Navoiy (Yoshlar markazi), Xorazm (IT Park), hamda, Nukus shahri (Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti).
Seminarda yuqoridagi barcha viloyatlardan 600 nafardan ortiq yoshlar ishtirok etdilar.
Barcha “Roadshow” seminarlari ishtirokchilari ham oʻzlarini qiziqtirgan barcha savollarni berish va ularga atroflicha javob olish imkoniyatiga ega boʻldilar. Seminarlarning eng faol ishtirokchilari eng qiziqarli savollari bilan IT-Park sovrini, ya’ni mGovAward merch sovrinini qo‘lga kiritdilar.
Eslatib oʻtamiz, mGovAward doirasidagi Roadshow joriy yilning 24-fevralda boshlangan va 5-martgacha davom etadi.
Konkurs haqida:
“mGovAward” – davlat xizmatlari sohasida ilovalarni yaratish bo‘yicha keng ko‘lamli tanlov. mGovAward tanlovini o‘tkazishdan asosiy maqsad yoshlarning davlat bilan hamkorlikda ishlashga qiziqishini oshirish va davlat xizmatlarini rivojlantirish bo‘yicha yuqori sifatli yechimlarni ishlab chiqishdan iborat. Eng yaxshi ishlab chiqilgan yechimlar davlat muassasalarida joriy etiladi. Musobaqaning mukofot jamgʻarmasi 100 ming AQSH dollarini tashkil qiladi.
2022-03-04