Dunyoning barcha mamlakatlaridagi yoshlar nafaqat o‘z kuchlarini sinab ko‘radigan, balki o‘z loyihalarini yanada ilgari surish uchun pul mukofotlarini ham yutib olishlari mumkin bo‘lgan zamonaviy va keng miqyosli IT tanlovlarga juda katta ehtiyoj sezmoqda.
Masalan, uch yil oldin, 2016-yilda Google kompaniyasi talabalar uchun “Google AdMob Student Challenge 2016” mobil ilovasini ishlab chiqish uchun tanlov e’lon qildi, unda butun dunyodan 100 dan ortiq talabalar jamoasi ishtirok etdi! G‘olib esa “Dragon Sim Online” mobil o‘yinini yaratgan Ukrainaning Turbo Rocket Games talabalar jamoasi bo‘ldi.
Tez orada O‘zbekiston Respublikasida talabalar orasida davlat mobil ilovalarini ishlab chiqish bo‘yicha birinchi milliy tanlov bo‘lib o‘tadi! IT Park yangiliklarini kuzatib boring va yangi tanlov haqida birinchilardan bo‘lib xabardor bo‘ling!
2019-09-04