Oʻzbekistonda birinchi onlayn pre-akseleratorning ishga tushirilishi!

IT-Park Oʻzbekistonda birinchi marotaba onlayn pre-akseleratsiya dasturini ishga tushirmoqda. Undan koʻzlangan maqsad – startaplarni yaratishga qiziqishi bor odamlarga IT-Parkning taʼlim dasturi orqali yordam berish.

Onlayn pre-akselerator – bu axborot texnologiyalari sohasida yangi ish boshlagan tadbirkorlar uchun oʻzbek tilidagi bepul taʼlim dasturidir.

Dastur joylashgan joyi tufayli (boshqa shahar yoki mamlakatda yashashi), asosiy mashgʻuloti (oʻqish, ish va hokazo) borligi yoki boshqa sabablarga koʻra IT-Parkning inkubatsiyasi yoki akseleratsiya dasturida ishtirok eta olmaydiganlar uchun moʻljallangan.

Onlayn kurs qisqa va axborotlarga boy mualliflik video darslaridan iborat boʻlib, unda Oʻzbekiston Respublikasining muvaffaqiyatli tadbirkorlari va mutaxassislari maʼruzalar oʻqiydilar va master-klasslar oʻtkazadilar. Darslar oʻz biznesini yaratishni istaganlar uchun, shuningdek oʻz mahsulotlarini rivojlantirish uchun koʻproq maʼlumot olishni istagan tajribali tadbirkorlar uchun moʻljallangan.

Kursning asosiy mavzulari quyidagilar boʻladi: muvaffaqiyatli jamoani yaratish, loyihani malakali boshqarish, MVP yaratish, bozorni oʻrganish, biznes-reja tuzish, kompaniyani roʻyxatdan oʻtkazish, investitsiyalarni jalb qilish.

Dasturning davomiyligi – bir oy.

Onlayn pre-akselerator dasturida ishtirok etish uchun quyidagi saytda roʻyxatdan oʻtish kerak: online.it-park.uz

2020-02-06