2024-yil 9-avgust kuni Qozog‘iston Respublikasining Ostona shahrida Markaziy Osiyo mamlakatlari va Yaponiyaning 450 dan ortiq vakillarini birlashtirgan “Markaziy Osiyo+Yaponiya” biznes-forumi bo‘lib o‘tdi.
Forum doirasida “Xalqaro vaziyatning o‘zgarishi sharoitida Yaponiya va Markaziy Osiyoda aloqalarni rivojlantirishning yangi istiqbollari” mavzusida sessiya bo‘lib o‘tdi. IT Park Uzbekistan ijrochi direktori Abdulahad Kuchkarov tadbirda so‘zga chiqib, mintaqaning Yaponiya kompaniyalari bilan IT sohasidagi hamkorlik istiqbollarini taqdim etdi.
Abdulaxad Kuchkarov oʻz nutqida Markaziy Osiyo va Yaponiya oʻrtasidagi integratsiya va hamkorlikning ahamiyatiga alohida toʻxtalib oʻtdi, shuningdek, Oʻzbekistonning IT sohasini batafsil taqdim etdi. U mamlakatning jadal rivojlanayotgan IT-ekotizimni yaratishda erishgan yutuqlari, IT-xizmatlar eksportining sezilarli darajada oʻsganligi va IT Park uzbekistan rezidentlari sonining ortib borayotgani taʼkidlab oʻtildi.
Yaponiya kompaniyalari Oʻzbekiston bozoriga tobora koʻproq qiziqish bildirmoqda, bu esa mintaqaning texnologik taraqqiyotiga, shuningdek, mamlakatimiz yoshlari uchun, shu jumladan, hududlarda yuqori maoshli yangi ish o‘rinlarini yaratishga xizmat qilmoqda. Yaponiyaning texnologik kompaniyalarida tajriba va professional bilimlar almashish orqali o‘zbekistonlik mutaxassislar jahon mehnat bozorida yuqori talabga ega kadrlarga aylanadi. Bundan tashqari, 2023-yilda Yaponiyaning IT-xizmatlar importi hajmi 10,5 milliard AQSH dollariga yetgani Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun Yaponiya bozoridagi o‘z o‘rnini mustahkamlash uchun katta imkoniyatlar ochmoqda.
O‘zbekistonda yapon tili dasturlarini taklif qiluvchi 10 dan ortiq universitetlarning mavjudligi muhim omil bo‘lib, bu mamlakatimizning yaponiyalik hamkorlar bilan samarali muloqot qila oladigan malakali mutaxassislarni tayyorlashga intilishini ko‘rsatadi. Bundan tashqari, mamlakatdagi ikkita IT-universitet Yaponiya kapitali ishtirokida tashkil etilgan bo‘lib, bu akademik va madaniy almashinuvni rivojlantirishga xizmat qiladi.
Yoshlarning til ko‘nikmalari va IT sohasida o‘qitishga investitsiyalar kiritish shunchaki kelajakka sarmoya emas, balki xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va O‘zbekistonning global IT-bozoridagi mavqeyini mustahkamlashga qaratilgan strategik qadamdir. “One Million Uzbek Coders”, “English Speaking Nation” va “IT Nation” kabi tashabbuslar nafaqat xalqaro maydonda samarali raqobat qila oladigan, balki xorijiy hamkorlarning e’tiborini torta oladigan yangi avlod mutaxassislarini shakllantirishga qaratilgan.
O‘zbekistonda startap ekotizimi istiqbolli loyihalarga 133 million dollar sarmoya kiritib ulgurgan beshta venchur fondi koʻmagida jadal rivojlanmoqda. Venchur kapitalining bunday o‘sishi innovatsion g‘oyalarning yuqori salohiyati va ularning mamlakat iqtisodiyoti uchun ahamiyatidan dalolat beradi.
Faqat birgalikdagi saʼy-harakatlarimiz bilan biz barcha manfaatdor tomonlarga foyda keltiradigan va mintaqaning global texnologiya xaritasidagi o‘rnini sezilarli darajada mustahkamlaydigan kuchli sinergiyani yarata olamiz.
2024-08-12