Eslatib oʻtamiz, IT Park, The Global Educational & Leadership Foundation (tGELF, Hindiston) va Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi Oʻzbekistonda Entrepreneurship World Cup 2020 (EWC) tanlovining respublika bosqichiga qabul eʼlon qilgandi.
Tanlov formati har qanday rivojlanish bosqichidagi – gʻoyaviy bosqichdan, faol oʻsish bosqichigacha – startaplarni qoʻllab-quvvatlarni koʻzda tutadi.
Tanlov ishtirokchilariga oʻz loyihalarini xalqaro darajada namoyish qilish imkoniyati beriladi. Final bosqichi gʻoliblarini 1 million AQSH dollari pul ekvivalenti miqdoridagi sovrin jamgʻarmasi, shuningdek hamkorlardan 70 million AQSH dollaridan ortiq qiymatdagi bonus va maxsus takliflar kutib turibdi.
Nihoyat, 2020-yilning 9-avgust kunida tanlov uchun onlayn roʻyxatdan oʻtish oʻz yakuniga yetdi. Joriy hafta davomida dastlabki saralash boʻlib oʻtadi va undan soʻng respublika saralash bosqichiga tayyorgarlik boshlanadi.
Tanlovning respublika bosqichi 2020-yilning 27-sentyabr sanasida onlayn koʻrinishda boʻlib oʻtadi.
Respublika bosqichi gʻoliblari oʻz loyihalari taqdimotlarini 2020-yilning 18–20-oktyabr kunlari xalqaro finalda namoyish qilish imkoniyatiga ega boʻladilar.
Tanlov haqida batafsil oʻqish:
https://entrepreneurshipworldcup.com/
2020-08-14