2022-yil 3-iyun kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri ishtirokida “ O‘zbekistonda qay tarzda frilanserga aylanish va yuqori daromad olish mumkin?” mavzusida ochiq muloqot bo‘lib o‘tadi. Tadbir soat 10:00da boshlanib, onlayn tarzda olib boriladi.
Interaktiv shaklda o‘tkaziladigan muloqot davomida har bir ishtirokchi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziriga savol berish, o‘z tajribasi bilan bo‘lishish hamda faoliyat davomida duch kelinadigan muammolarni muhokama qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Ochiq muloqot davomida quyidagi masalalar muhokama markazida bo‘ladi:
▪️Frilans platformalarida ishlashni boshlash;
▪️Frilans platformalari orqali topilgan daromadni O‘zbekiston banklari orqali olish;
▪️Muammolarni tezkor aniqlash va unga yechim topish mexanizmlari;
▪️Savol-javob
Ochiq muloqotni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Facebook (https://www.facebook.com/mininfocom ) va Youtube (https://youtube.com/c/MinistryofICTofUzbekistan ) sahifalari, shuningdek, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining Facebook (https://www.facebook.com/SherzodXotamovichShermatov ) sahifasi orqali kuzatish mumkin.
O‘zbekistonda frilanserlik faoliyatini rivojlantirishda o‘z hissangizni qo‘shish uchun quyidagi havola orqali so‘rovnomani to‘ldiring: https://forms.gle/uv4aYBKXXgcEApW69.
2022-06-02