O‘zbekistonda yashayotgan xorijiy IT-mutaxassislarning mamlakat haqidagi fikri qanday?

Siz bilan ajoyib yangilikni baham koʻrmoqchimiz. IT Park tomonidan 2022-yil boshidan yoʻlga qoʻyilgan “TashRush” relokatsiya dasturi doirasida 1700 dan ortiq IT-mutaxassislar mamlakatimizga yetib keldi. 

Eslatib oʻtamiz, IT Park IT-kompaniyalari, shuningdek, IT-mutaxassislarni Toshkentga jalb etish, jumladan, ularni oilalari bilan koʻchirish boʻyicha maxsus dasturni ishga tushirdi. Mazkur dastur doirasida xorijlik IT-mutaxassislar mamlakatimiz axborot texnologiyalari ekotizimining bir qismiga aylanish, istiqbolli IT-loyihalarda ishtirok etish va mamlakatimizda IT-sohasini rivojlantirishga hissa qo‘shish maqsadida O‘zbekistonga koʻchishi koʻzda tutilgan.

IT Park, o‘z navbatida, nafaqat IT-mutaxassislarning o‘ziga, balki ularning oila a’zolariga ham har tomonlama ko‘mak ko‘rsatadi.

Ushbu maqolada mehmonlarimizning O‘zbekistondagi hayot haqidagi sharh va izohlari, va ular boshidan kechirgan qiziq hikoyalarni to‘pladik.


 

Maslahat: ehtiyotshart hamyoningizni yo‘qotmaslikka harakat qiling. Xalqimiz esa chindan ham mehribon!


Ruhingizni iblisga sotishingiz shart emas, bizda nonni hamma joyda sotib olsa bo‘ladi :)

 

Bizda tangalar bormidi hali?

 

Relokantlarimizning Toshkent hokimi bilan tasodifiy uchrashuvi shunaqa :)


 

Buxoro – barcha qulayliklarga ega shahar!

Relokantlarimiz Jizzaxga sayohat qilishdi.

 


Toshkent – ularning yangi uyi!

Qurutga ko‘nikish uchun vaqt kerak! : )

Xorijlik mehmonlarimiz nafaqat Jizzaxga, balki Samarqandga ham sayohat qilishdi!

 

Haqiqatdan ham haydovchilarimiz oltinga teng!

Yuqorida O‘zbekiston haqidagi taassurotlari bilan o‘rtoqlashayotgan xorijlik mehmonlarimiz qoldirgan sharh va izohlarni o‘qidingiz. 

Barcha tashrif buyurgan va endi tashrif buyurayotgan IT-mutaxassislarga mazali issiq nonlarni ko‘proq tatib ko‘rish nasib etsin deya, O‘zbekistondagi hayotlari yanada yorqin va samarali bo‘lishini tilab qolamiz!

2022-04-13