O‘zbekistonning 14 ta IT maktabi orasida IT olimpiadasi boshlandi!

Biz Respublikamizning 14 ta ixtisoslashtirilgan IT maktabi orasida IT olimpiadasini ishga tushirdik.

IT olimpiadasi nima uchun kerak?

IT olimpiadasi O‘zbekiston yoshlari orasida axborot texnologiyalari sohasini ommalashtirish, ularning ushbu sohaga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirish, shuningdek, maktab o‘quvchilarining IT sohasidagi salohiyatini rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan.

Olimpiada uchta yo‘nalish bo‘yicha o‘tkaziladi:

- sport dasturlash;

- computer science;

- IT beshkurashi

IT beshkurashi – bu maktab o‘quvchilarining innovatsion ruhini raqobat ruhi ko‘rinishida har tomonlama rivojlantirish uchun 5 ta yo‘nalish bo‘yicha o‘tkaziladigan musobaqa.

IT beshkurashining bosqichlari:

1. Mantiqiy topshiriqlar;

2. Rus/o‘zbek tilidagi matnni ingliz tiliga tarjima qilish;

3. Spelling bee;

4. Oldinga-orqaga yugurish;

5. Vaqtga matn terish.

Birinchi bosqich doirasida har bir IT-maktab o‘z o‘quvchilari orasida yuqorida aytib o‘tilgan 3 ta yo‘nalish bo‘yicha musobaqa o‘tkazadi. Musobaqa tugandan so‘ng, respublika bosqichi bo‘lib o‘tadi va u yerda butun Respublikamiz bo‘yicha har bir bosqich g‘oliblari ishtirok etadi. Respublika bosqichi Toshkent shahridagi 9-sonli ixtisoslashtirilgan IT-maktabda o‘tkaziladi.

Ishtirokchilar yoshiga qarab 2 ta toifaga bo‘linadi:

Birinchi toifa (I) - 6 dan 8 sinfgacha bo‘lgan o‘quvchilar;

Ikkinchi toifa (II) - 9 dan 11 sinfgacha bo‘lgan o‘quvchilar.

Har bir 3 ta yo‘nalish g‘oliblari nimalar bilan taqdirlanadi?

 1-o‘rin - Noutbuk;

 2-o‘rin - Smart watch;

 3-o‘rin - Air pods.

Birinchi bosqich 2021-yilning 25- may sanasida yakunlanadi. Final bosqichi 2021-yil iyun oyida bo‘lib o‘tadi.

Ushbu olimpiada maktab o‘quvchilari uchun o‘z mahoratlarini namoyish etish, o‘z salohiyatlarini yuzaga chiqarish, bebaho tajriba orttirish va o‘zi kabi fikrlaydigan do‘stlarni topish uchun ajoyib imkoniyat bo‘ladi.

Ma’lumot uchun:

Hozirgi kunda O‘zbekistonda 14 ta ixtisoslashtirilgan IT-maktab mavjud bo‘lib, ular tarkibiga quyidagi maktablar kiradi:

1. Nukusdagi 2-sonli ixtisoslashtirilgan IT-maktab;

2. Andijondagi 18-sonli ixtisoslashtirilgan IT-maktab;

3. Buxorodagi 7-sonli ixtisoslashtirilgan IT-maktab;

4. Jizzaxdagi 8-sonli ixtisoslashtirilgan IT-maktab;

5. Qarshidagi 32-sonli ixtisoslashtirilgan IT-maktab;

6. Navoiydagi 8-sonli ixtisoslashtirilgan IT-maktab;

7. Namangandagi 86-sonli ixtisoslashtirilgan IT-maktab;

8. Samarqanddagi 9-sonli ixtisoslashtirilgan IT-maktab;

9. Gulistondagi chet tilida o‘qitiladigan ixtisoslashtirilgan IT-internat;

10. Termizdagi 16-sonli ixtisoslashtirilgan IT-maktab;

11. O‘rtachirchiq tumani 3-sonli ixtisoslashtirilgan IT-maktab;

12. Farg‘onadagi 19-sonli ixtisoslashtirilgan IT-maktab;

13. Urganchdagi 30-sonli ixtisoslashtirilgan IT-maktab;

14. Toshkent shahridagi 9-sonli ixtisoslashtirilgan IT-maktab.

2021-05-21