Oʻzbekistonning shahar va tuman hokimlari IT Parkʼga tashrif buyurdilar

27-iyun kuni IT Park shourumiga Oʻzbekistonning shahar va tuman hokimlari tashrif buyurdilar, u yerda ularni IT Park direktori Farhod Ibragimov kutib oldi.

Uchrashuvning asosiy ishtirokchilari IT Park direktori Farhod Ibragimov, IT Park direktorining xalqaro aloqalar boʻyicha oʻrinbosari Bohodir Ayupov va respublika shahar va tuman hokimlari boʻldi.

Tadbir davomida Farhod Ibragimov mehmonlarga tashkilot faoliyati, IT sohasi istiqbollari, ushbu sohani hududlarda rivojlantirish va boshqa koʻp narsalar haqida soʻzlab berdi.


Tadbir yakunida IT Park direktori Farhod Ibragimov hokimlarni boʻlajak IT-kompleksning qurilish ishlari bilan tanishtirdi, shuningdek uchrashuv ishtirokchilarining savollariga javob berdi.


Bunday seminarlar davlat idoralari va IT Park oʻrtasidagi samarali hamkorlik uchun muhimdir. Shuningdek, ular IT Park faoliyati toʻgʻrisida nafaqat yosh avlod oʻrtasida, balki menejerlar va yuqori lavozimli amaldorlar oʻrtasida Oʻzbekiston Respublikasi hududida axborot texnologiyalari sohasini takomillashtirish yoʻlida oʻzaro aloqalar toʻgʻrisida xabardorlikni oshirishga ijobiy taʼsir koʻrsatmoqda.

2021-06-29