Joriy yilning 19-noyabr kuni IT Park rezidenti hisoblangan UZCARD korporativ akseleratori maydonchasida Qozog‘istonning «UMAY Angels Club»biznes farishtalari klubi a‘zolarining ishtiroki bilan O‘zbekiston biznes farishtalarining birinchi «UZANGELS» klubi
Ochilishi sharafiga davra suhbati bo‘lib o‘tadi.
Davra suhbati oflayn seminar formatida bo‘lib o‘tadi, unda tadbir ishtirokchilari startaplarga yakka tartibdagi venchur kapital sarmoyalari sohasida o‘z bilim va tajribalari bilan boʻlishadilar hamda bitimlarning potentsial sindikatsiyasi masalalarini ko‘rib chiqadilar.
Xususan, Qozog‘iston biznes farishtalarining «UMAY Angel Clubs» a’zolari mahalliy startaplar va venchur kapital ekotizimlari bilan yaqindan tanishish maqsadida «Startup-tour Uzbekistan 2021» o‘tkazishmoqda. Bu innovatsion loyihalar yetakchilariga kelgusida xorijlik mutaxassislardan har tomonlama yordam va tavsiyalar olish imkonini beradi.
Kimlar ishtirok etishi mumkin?
Manfaatdor individual venchur kapitalistlar ishtirok etishlari mumkin. Klubga a’zo bo‘lish uchun avval quyidagi havola orqali ariza qoldirishingiz kerak: https://www.angelsclub.uz
Muhim!
Sana: 19-noyabr
Vaqt: 15:00
Manzil: UZCARD korporativ akselerator
Ishtirok etish bepul, joy esa cheklangan.
«UZANGELS» biznes farishtalari klubi haqida batafsil ma’lumotni https://www.angelsclub.uz/ru saytida olishingiz mumkin.
2021-11-18