2021-yilning 9 va 10-noyabr kunlari Uztelecom xodimlari hamda MGIMO Toshkent shahridagi filiali talabalaridan iborat delegatsiya tashkilot faoliyati bilan yaqindan tanishish maqsadida IT Park’ga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida IT Park xodimlari mehmonlarga ekskursiya uyushtirishdi, shuningdek, tashkilot faoliyati haqida so‘zlab berishdi va ularni poytaxtning Mirzo-Ulug‘bek tumani hududida barpo etilayotgan to’liq qurilishi 2023 yilda yakunlanadigan yirik IT majmuaning qurilish jarayoni bilan tanishtirishdi.
Natijada Uztelecom xodimlari va talabalari IT Park faoliyati bilan yaqindan tanishdilar, bu esa o‘z navbatida ikki tashkilot o‘rtasida axborot texnologiyalari sohasidagi o‘zaro hamkorligi va oʻzaro yakdilligiga samarali ta’sir ko‘rsatadi hamda IT sohasini aholi o‘rtasida yoshlar, ayniqsa talabalar orasida ommalashtirishga ijobiy tomondan yordam beradi.
2021-11-10