Joriy yilning 24-iyul kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligida “One Million Uzbek Coders” loyihasining «Eng yaxshi 100 oʻqituvchi» tanlovi doirasida 16 nafar informatika va axborot texnologiyalari o'qituvchilarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Ma’lumki, IT-park O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va Xalq ta’lim vazirligining ko‘magi bilan "Informatika va axborot texnologiyalarining eng yaxshi 100 o‘qituvchisi" tanlovini tashkil etdi.
Shu munosabat bilan 24-iyul kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’lim vazirligida "Eng yaxshi 100 o‘qituvchi" ro‘yxatiga kiritilgan Qoraqalpog'iston Respublikasining 16 nafar maktab o‘qituvchilarini taqdirlash marosimi bo'lib o‘tdi. Ushbu tanlov natijalari ularning «One Million Uzbek Coders» kurslarini tamomlagan o‘quvchilari soni bo‘yicha aniqlandi.
Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta‘lim vaziri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining viloyat boshqarmasi boshlig‘i, shuningdek, IT-parkning Nukus filiali xodimlari ishtirok etishdi.
G‘olib o‘qituvchilar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining viloyat boshqarmasi boshlig‘i va IT Park xodimlari tomonidan sertifikatlar va 4,9 million so‘m miqdorida pul mukofotlari bilan taqdirlandilar.
Axborot texnologiyalari sohasida tanlovlarni o‘tkazish mamlakatdagi malakali IT-mutaxassislar va informatika o‘qituvchilari sonining ko‘payishiga turtki beradi. Ta'kidlash joizki, «One Million Uzbek Coders» loyihasi tashkilotchilari bu bilan cheklanib qolmasdan, axborot texnologiyalari va innovatsiyalar dunyosidagi tendensiyalar toʻgʻrisida aholining xabardorligini yanada oshirishga eʼtibor qaratadi
2021-07-29