«One Million Uzbek Coders» loyihasi doirasidagi tanlov g‘oliblariga 10 000 000 so‘mlik sertifikatlar topshirildi

Samarqand viloyatidagi IT Park filialida «One Million Uzbek Coders» loyihasi doirasida o‘tkazilgan tanlovning 3 nafar g‘olibiga 1-o‘rin uchun 10 000 000 so‘mlik sertifikatlar topshirildi. Ushbu sertifikat Coursera xalqaro taʼlim onlayn platformasida oʻqish imkoniyatini beradi.

 Tuman bosqichlarida 15 yoshli Sardor Sattarov, 16 yoshli Javohir Sirojiddinov va 17 yoshli Ogabek Sobirjonov g‘oliblikni qo‘lga kiritdilar.

 Eslatib o‘tamiz, tanlovning shahar va tuman bosqichlari 2022-yilning 6 va 7-yanvar kunlari bo‘lib o‘tgan, uning yakuniga ko‘ra viloyat bosqichiga yo‘llanma olgan g‘oliblar aniqlangan edi. Tanlov Samarqand viloyati hokimligi tomonidan umumtaʼlim maktablari oʻquvchilari oʻrtasida tashkil etilgan.

 «One Million Uzbek Coders» — IT Parkʼning taʼlim loyihasi boʻlib, u 2019-yilda “Dubai Future Foundation” xalqaro tashkiloti bilan hamkorlikda boshlangan.

 Taʼkidlash joizki, 2021-yilning 11-may kuni IT Park dunyoga mashhur “Coursera, Inc” onlayn taʼlim platformasi bilan hamkorlik memorandumini imzolagan.

2022-02-18