“One Million Uzbek Coders” loyihasi doirasidagi tanlovda gʻolib boʻlgan Top-100 oʻqituvchi!

O‘quvchilari uzbekcoders.uz platformasida One Million Uzbek Coders loyihasi doirasidagi kurslarni muvaffaqiyatli tamomlagan umumta’lim maktablarning “Informatika va axborot texnologiyalari” fani o‘qituchilari orasidan  100 ta eng yaxshi o‘qituvchi saralanib olindi.

Avvalroq biz oʻqituvchilar uchun tanlov eʼlon qilgan edik. Unda oʻqituvchilar “One Million Uzbek Coders” platformasidagi dasturlardan birini tugatishi, shuningdek 15-dekabrga qadar uzbekcoders.uz platformasida kurslarni tamomlagan eng koʻp oʻquvchilarga ega boʻlishi lozim edi.

Top-100 roʻyxatiga kirgan har bir informatika oʻqituvchisi 4 460 000 soʻm miqdoridagi pul yutugʻiga ega boʻladi.

Ushbu tanlov tashkilotchilari – Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommonukitasiyalarni rivojlantirish vazirligi, IT Park, shuningdek Xalq taʼlimi vazirligi.

Bugun esa mamnuniyat ila biz ushbu tanlov gʻoliblarini eʼlon qilishga tayyormiz.

Top-100 talik ro‘yxati bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin:

https://it-park.uz/storage/images/newsimage/Список топ-100_1609235382.docx

Top-100 roʻyxati bilan quyida biriktirilgan fayl orqali tanishish mumkin:

Navoiy – 25 nafar oʻqituvchi

Qoraqalpogʻiston Respublikasi – 22 nafar oʻqituvchi

Namangan – 14 nafar oʻqituvchi

Xorazm – 9 nafar oʻqituvchi

Buxoro – 7 nafar oʻqituvchi

Surxondaryo – 5 nafar oʻqituvchi

Sirdaryo – 4 nafar oʻqituvchi

Qashqadaryo – 4 nafar oʻqituvchi

Jizzax – 4 nafar oʻqituvchi

Toshkent shahri – 3 nafar oʻqituvchi

Samarqand – 2 nafar oʻqituvchi

Toshkent viloyati -1 nafar oʻqituvchi

2020-12-29