25-may kuni 100 ta oʻqituvchi quyidagi mezonlarga muvofiq taqdirlanadi:
- oʻqituvchi platforma dasturlaridan birini tugatgan boʻlishi kerak;
- eng koʻp oʻquvchisi “One Million Uzbek Coders” kurslarini 20-aprelgacha yakunlagan oʻqituvchi boʻlishi kerak.
Top-100 talik roʻyxatiga kiritilgan har bir informatika fani oʻqituvchisi 4 900 000 soʻm miqdoridagi pul mukofotiga ega boʻladi!
Gʻoliblar qay tarzda aniqlanadi?
Maktab oʻquvchilari roʻyxatdan oʻtish davomida maktab raqamini koʻrsatishlari shart. O’quvchilari eng yuqori koʻrsatkichga ega boʻlgan informatika fani oʻqituvchilari haqida XTV bazasi yordamida ma’lumot toʻplanadi.
Dastur Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda IT Park va Xalq ta’limi vazirligi bilan birgalikda yaratilgan.
Hurmatli oʻqituvchilar, shoshiling, 20-aprel kuniga qadar olingan natijalar qabul qilinadi.
2021-02-03