10-may kuni Toshkent vaqti bilan soat 17:00 da zamonaviy kiberjinoyatlar, xakerlar, raqamli muhitdagi tahdidlar va ularga qarshi kurashish yo‘llari mavzusida uchta onlayn uchrashuvning birinchi soni bo‘lib o‘tadi.
Sessiyani IT-Park rezident kompaniyasi – Group-IB eksperti Sergey Zolotuxin olib boradi. U zamonaviy kiberjinoyat nima ekanligini, haqiqiy va xayoliy xavf nima ekanligini, xakerlar hamjamiyati qanday ishlashini, oddiy foydalanuvchilar hamda tashkilotlarga kim va qanday hujum qilishi haqida so‘zlab beradi.
Mitap Zoom orqali rus tilida o‘tkaziladi. Havola uchrashuv o‘tkaziladigan kuni e’lon qilinadi.
Hujjatlar 10-maygacha quyidagi havola orqali qabul qilinadi: https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSc2NqUycW5YEekCWvlsLS3TLXB2KlscKNTZ0z-SnRD0rQ7bzg/viewform
Eslatib o‘tamiz, Group-IB shtab-kvartirasi Singapurda joylashgan global kompaniya bo‘lib, u kiberjinoyatlarga qarshi kurashish texnologiyalari va kiberhujumlarni aniqlash va oldini olish yechimlarini ishlab chiqadi, firibgarlikni aniqlaydi, yuqori texnologiyali jinoyatlar bo‘yicha tadqiqotlar olib boradi va tarmoqdagi intellektual mulkni himoya qiladi.
Group-IB’ning texnologik yetakchiligi butun dunyo bo‘ylab kiberjinoyatchilikni tadqiq qilish bo‘yicha 20 yillik amaliy tajribaga va eng yirik kompyuter sud-tibbiyot laboratoriyalaridan biri hamda CERT 24 soatlik tezkor javob markazidan jalb qilingan 70 000 soatdan ortiq axborot xavfsizligi hodisalariga javob berishga asoslangan.
Spiker haqida ma’lumot:
Sergey Zolotuxin – Group-IB kompaniyasida kiberxavfsizlik bo‘yicha maslahatchi. Ikkita oliy ma’lumotga ega: Bauman nomidagi Moskva Davlat Texnika Universitetida texnik va yuridik yo‘nalishlarini tamomlagan.
Sergey IT bozorida 1997-yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda. U axborot xavfsizligi sohasida dizayn yechimlari bilan shug‘ullanadi. Axborot sizib chiqishidan himoya qilish, ruxsatsiz kirish va hujumlarning oldini olish sohasida katta tajribaga ega.
U 2015-yilda Group-IB jamoasiga biznesni rivojlantirish bo‘yicha menejer sifatida qo‘shilgan. Endilikda Sergey yuqori texnologiyalar sohasidagi jinoyatlarni aniqlash va oldini olishni ta‘minlaydigan mahsulot va xizmatlar uchun javobgardir
2023-05-04