Arizalarni qabul qilish 2019-yil 1-dekabrgacha davom etadi!
IT-Park Jahon banki, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi, YeXHTning Oʻzbekistondagi loyihalari koordinatori, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyihalarni boshqarish boʻyicha milliy agentlik va Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda, “Open Data Challenge 2019” hakatoni uchun arizalarni qabul qilish boshlanganligini eʼlon qiladi!
“Open Data Challenge 2019” hakatoni – bu har yili ochiq maʼlumotlardan foydalanish dasturlarini ishlab chiqish boʻyicha tanlovdir. Ushbu tanlovdan koʻzlangan maqsad:
Tanlovning asosiy sharti – tadbir davomida ochiq maʼlumotlardan foydalangan holda raqamli yechim (ilova, xizmat, qurilma) yaratish.
Tanlov yoʻnalishlari:
1. Davlat sektori uchun ochiq maʼlumotlar;
2. Jamoat tashkilotlari uchun ochiq maʼlumotlar;
3. Ish uchun ochiq maʼlumotlar;
4. Fuqarolar uchun ochiq maʼlumotlar.
Hakaton jarayonida ishtirokchilar ochiq maʼlumotlar boʻyicha yetakchi mutaxassislarning treninglari va mahorat darslarida, shuningdek BootCampʼda ishtirok etishlari mumkin. Musobaqaning mukofot jamgʻarmasi 10 000 AQSh dollaridan iborat boʻlib, arizalar qabul qilish 2019- yil 1-dekabrgacha davom etadi!
Arizani quyidagi havola orqali toʻldirishingiz mumkin: https://datahack.uz/hackathon/
2019-11-18