“Open Data Challenge”: g‘oliblarni rasmiy ravishda taqdirlash marosimi!

IT Park O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi, YXHT’ning O‘zbekistondagi loyiha koordinatori bilan hamkorlikda, shuningdek, “One Million Uzbek Coders” loyihasi va Dubai Future Foundation ko‘magida 2020-yilning 4-6-dekabr kunlari “Open Data Challenge 2020” xakatonini o‘tkazdi.

 

Avval aytib o‘tkanimizdek, quyidagilar “Open Data Challenge 2020” xakatoni g‘oliblariga aylanishdi.

 

Davlat sektori

 

1. White (Oʻzbekistondagi axborot texnologiyalarini takomillashtirish uchun multiplatforma);

2. UniApp (xalqaro va mahalliy investorlar uchun bozor haqida toʻliq maʼlumotlarga ega platforma);

3. Vesion (yoʻl harakati qoidalarini buzganlikni kuzatuvchi bot, bu yerda foydalanuvchilar fotosuratlarni yuklashlari va qoidabuzarlikni tasvirlashlari mumkin).

 

Ijtimoiy sektor

 

1. NLS (Brayl yozuvidagi matnni oʻqishdagi qiyinchiliklarni minimallashtirish uchun mobil ilova);

2. JuFoF (aholining nochor qatlamlariga yordam berish uchun volontyorlar platformasi);

3. Genius Coders (bemorlarga shaxsiy tibbiy maʼlumotlarini saqlashga imkon beradigan shaxsiy karta).

 

Biznes sektori

 

1. PhalconDevs (Aptechka 24 – dori-darmonlarni izlash va sotib olish uchun onlayn servis);

2. Kepp it 100 (mobil ilova xaridorlar uchun kerakli obyektni topish jarayonini yengillashtirishga qaratilgan boʻlib, qoʻshimcha ravishda har bir mijozni savdo markazlaridagi mumkin boʻlgan tadbirlar, aksiyalar va soʻnggi ttrendlar toʻgʻrisida xabardor qiladi);

3. Frozen Code (qishloq xoʻjaligi sohasida eʼlonlar joylashtirish uchun onlayn platforma).

Maʼlumotlarni oʻzgartirish va yaratish

1. Fantastic Team (oʻzbek tilini oʻrganish uchun mobil ilova);

2. DigiMind (qaysi onlayn-doʻkonda mahsulot mavjudligini va qaysi onlayn-doʻkon orqali eng arzon narxda sotib olishingiz mumkinligini aniqlashga yordam beradigan xizmat);

3. Fazon (Oʻzbekistonda sodir boʻlayotgan voqealar toʻgʻrisida toʻliq maʼlumotga ega boʻlish uchun ommaviy axborot vositalari va boshqa manbalardan ma’lumotlarni taqdim etadigan va tahlil qiladigan veb-ilova).

 

Maktab toifasi

 

1. NovaThrones (taʼlim brauzeri);

2. Uplift (eʼlonlar uchun sayt);

3. XOR-Progger (dollarga bogʻliq boʻlgan mahsulotlar narxi);

4. ADM (maʼrifiy portal);

5. Bacg (shahar portali. Shahar aholisining shikoyat va takliflarini qabul qiladi va reyting yaratadi).

 

 

Xakaton g‘oliblarga mukofotlar xalqaro hamkorlar tomonidan korporativ xaridlari, yetkazib berish va xayriya tartib-qoidalariga muvofiq taqdim etildi. Har bir yo‘nalishdan, shuningdek maktab toifasidan birinchi o‘rinni egallagan ishtirokchilarning har biriga 6 000 AQSH dollar miqdoridagi mukofot puli topshirildi. Qolgan g‘oliblarga esa, shu jumladan maktab toifasidagi g‘oliblarga sovg‘a sifatida Yevropadan olib kelingan maishiy texnika va gadjetlar taqdim etildi.

 

Xalqaro hamkorlar, o‘zlarining korporativ protseduralariga ko‘ra, Yevropadan olib kelinishi kerak bo‘lgan sovg‘alar uzoq muddatli xalqaro savdo va logistika jarayonlari hamda Evropadagi lokdaun sababli bir necha oyga kechiktirildi.

 

Dastlab, taqdirlash marosimi 2021-yilning 26-mart kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan edi, ammo logistik va texnik muammolar tufayli, marosim joriy yilning 2-aprel kuniga ko‘chirildi.

 

2-aprel kuni ishtirokchilarni “O‘zbekistonda ochiq ma’lumotlar ekotizimini rivojlantirishning amaliy ahamiyati va istiqbollari” nomli seminarga taklif qilamiz.  Mazkur seminar doirasida “Open Data Challenge” xakatoni g‘oliblarini taqdirlash marosimi, shuningdek, davlat organlari vakillarining chiqishlari, ochiq ma’lumotlar bo‘yicha startap loyihalar uchun vorkshop bo‘lib o‘tadi. Qolaversa, ishtirokchilar yaqin kunlarda bo‘lib o‘tadigan “Open Data Challenge” akseleratsiya dasturi haqida batafsil ma’lumot olishga muvaffaq bo‘lishadi.

 

Ta’kidlab o‘tkanimizdek, “Open Data Challenge” xakatoni g‘oliblari avtomatik tarzda akseleratsiya dasturi ishtirokchilariga aylanishadi. (https://it-park.uz/ru/itpark/news/uchastvuyte-v-akseleracionnoy-programme-open-data-acceleration-ot-it-park).

2021-03-27