27–29-yanvar kunlari poytaxtda Open Data Challenge xakatoni bo‘lib o‘tadi. Bo‘lib oʻtadigan “OpenDataChallenge 2022” xakatoni doirasida 17–20-yanvar kunlari ochiq ma’lumotlardan foydalanish bo‘yicha jalb qilingan mutaxassislar ishtirokida maxsus vebinarlar oʻtkazildi, 24-yanvar kuni esa vorkshop bo‘lib o‘tdi.
Mavzular 4 kunga boʻlingan:
Har bir vebinarda 40 tadan 50 tagacha ishtirokchi qatnashdi.
Vorkshop Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti (TDIU)da bo‘lib o‘tdi. Tadbirga 80 ga yaqin kishi tashrif buyurdi. Spikerlar “Elektron hukumat loyihalarini boshqarish Markazi” davlat muassasasining Loyihaviy-texnik hujjatlar ekspertizasi bo‘limi boshlig‘i Maqsumov Doniyor hamda “MODME” texnik direktori va hammuassisi Ruslan Yuldashev ishtirok etdilar. Ular ochiq maʼlumotlarni misollarda aniq koʻrsatdilar va soʻzlab berdilar.
Xakaton 27–29-yanvar kunlari AKFA universitetida boʻlib oʻtadi. Eslatib oʻtamiz, “Open Data Challenge” xakatoni IT Park tomonidan YXHTning Oʻzbekistondagi loyihalari koordinatori va Virtual Group IT kompaniyasi bilan hamkorlikda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika Agentligi, Korrupsiyaga qarshi kurashish Agentligi va Akfa University koʻmagida tashkil etilmoqda. Shuningdek, “Uzum”, “Geoalert”, “GDG” va boshqa tashkilotlarning ekspertlari mentor sifatida taklif qilingan.
Bugungi kunga qadar 281 ta jamoa qatnashish uchun roʻyxatdan oʻtgan (har bir jamoada 1-3 kishigacha). Eng faol Toshkent shahri bo‘ldi – 141 ta ariza, keyingi o‘rinda esa Toshkent viloyati – 34 ta ariza. Boshqa viloyatlar kontekstida ko‘rsatkichlar quyidagicha taqsimlandi:
Yoʻnalishlar boʻyicha arizalar quyidagicha taqsimlandi:
Roʻyxatdan oʻtgan ishtirokchilarning oʻrtacha yoshi 22 yoshni tashkil etdi.
2023-01-25