Perspektywy Women in Tech Summit stipendiya dasturi

6-aprel kuni IT Parkʼda faol qizlar uchun Polshada oqish uchun grantlar taqdimoti bolib otdi.

Tadbirda Istiqbol Talim fondi vakili Joanna Maraszek sozga chiqdi. U Ozbekistondan boʻlgan IT-sohasidagi qizlar uchun Perspektywy Women in Tech Summit stipendiya dasturi haqida soʻzlab berdi va ishtirokchilarning harajatlarini qoplashga tayyorligini malum qildi.

Dastur Polsha Fan va Taʼlim Vazirligi tomonidan birgalikda moliyalashtiriladi.  Stipendiya quyidagilarni oz ichiga oladi: Toshkentdan Varshavaga va ortga parvoz, turar joy va Sammitga chipta. Tadbir 2022-yil 59-iyun kunlari boʻlib oʻtadi.

Perspektywy Women in Tech Summit Yevropadagi texnologiya sohasidagi ayollar uchun eng yirik tadbirlardan biri. Otgan yilgi tadbirda 103 ta mamlakatdan 8300 dan ortiq ishtirokchi qatnashdi.

Dasturda ishtirok etish bilimlaringizni kengaytiradi, koʻnikmalarga ega boʻladi va hamfikrlarni topish imkonini beradi.

Grant egalarini yana nima kutmoqda:

  mentorlik yordami

  80 ta ustaxonalar

  150 ta spikerlar

  60 ta eng yaxshi yuqori texnologiyali kompaniyalar

  ajoyib networking va boshqalar.

 Batafsil: https://womenintechsummit.pl/

2022-04-07