Poytaxtda “AI CLUB” doirasida uchrashuv boʻlib oʻtadi

Joriy yilning 26-aprel kuni soat 09:00 da Inha universitetida “AI CLUB” tadbiri doirasida sunʼiy intellekt boʻyicha milliy IT-loyihalarning taqdimoti boʻlib oʻtadi.

Loyiha “UZINFOCOM” Yagona Integratori va IT Park Uzbekistan tomonidan tashkillashtirilmoqda.

Tadbirdan  ko‘zlangan asosiy maqsad  - SI sohasidagi texnologiyalar, tendensiyalar va loyihalar bilan tanishishdir.

“AI CLUB” - bu sun’y intellekt loyihalarini o'z hayotida/ish faoliyatida faol ishlatadigan, sun'iy intellektni inson hayotini yaxshilash va biznesni yanada rivojlantirish uchun asosiy vosita deb biladigan odamlar jamoasi.

Tadbirda quyidagi ma’ruzachilar ishtirok etadilar:

  • Baxtiyor Rizayev – MyID mahsuloti egasi, UZINFOCOM bosh direktori o‘rinbosari “SI sohasidagi milliy mahsulotlar va loyihalar” mavzusi bilan;
  • Shukurillo Turg‘unov – Muxlisa SI loyihasining guruh rahbari “Menga ovozli yordamchi nima uchun kerak va Muxlisa SI bilan qanday do‘stlashish mumkin?” mavzusida;
  • Shavkat Karimov – O‘zbekiston IT hamjamiyati rahbari, tadbirkor, investor, “Chat GPT, SI & Work kelajagi va bularning barchasi siz uchun nimani anglatadi?” mavzusida;
  • Bohodir Ayupov – IT Park universiteti rektori “Sun’iy intellekt haqida gapiring va bu yo‘nalishda IT Park universiteti qanday rol o‘ynaydi” mavzusida;
  • Shaxriyor Xudoyberdiev – ML hamjamiyati asoschisi “ML hamjamiyati haqida, SI sohasida jamiyat qanday rol o‘ynaydi va u SI sohasida rivojlanishda yosh mutaxassislarga qanday yordam beradi?” mavzusi bilan;
  • Ra’no Sidikova – “Plug and Play” kompaniyasining hamkorlar bilan aloqalar bo‘yicha menejeri “Ayollar uchun sun’iy intellekt startaplari” mavzusida nutq so‘zlaydilar.

Barcha ma’ruzachilar shaxsiy tajribaga asoslangan foydali va amaliy ma’lumotlar bilan o‘rtoqlashadilar.

Loyiha ishtirokchilarga keyinchalik neyron tarmoqlarni oʻqitish va yirik SI loyihalarini amalga oshirish uchun asos boʻlib xizmat qilishi mumkin boʻlgan maʼlumotlar toʻplamini shakllantirishga hissa qoʻshish imkoniyatini beradi.

Mashg‘ulotlar ingliz va o‘zbek tillarida olib boriladi. Tadbirga 25-aprel soat 18:00 ga qadar ro‘yxatdan o‘tishingiz mumkin. Havola: https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSdeOElMjJ0Q16HRH_GM_Tt3Kjl5mb2ZCH-LqMJ_1Hvyvk-mzA/viewform.

Ma’lumot uchun: 2002-yildan buyon UZINFOCOM butun O‘zbekiston uchun noyob raqamli IT mahsulotlarini yaratib kelmoqda. Kompaniya tomonidan ishlab chiqilgan zamonaviy va sifatli MyID loyihasi misolida davlat va tijorat sohalarida xizmatlarni raqamlashtirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatilmoqda, bu esa, o‘z navbatida, viloyat aholisiga ko‘rsatilayotgan xizmatlarning yuqori sifatini ta’minlamoqda.

2023-04-20